Yaman qirg‘oqlari yaqinida yana kema hujumga uchradi
Kema yaqinidagi portlash zarar keltirdi, ammo ekipaj xavfsiz holatda, deb xabar berdi UKMTO. Qizil dengizdagi harbiy kemalar va savdo kemalari bir necha oydan beri husiychilar tomonidan hujumga uchrayapti.

Foto: Maxar Technologies/AP/picture alliance
Yamanning janubi-g‘arbiy sohillarida yana kemaga hujum qayd etildi. Britaniya birlashgan qirollik dengiz savdosi operatsiyalari (United Kingdom Maritime Trade Operations, UKMTO) markazi 19 fevral, dushanbaga o‘tar kechasi voqea Moxa port shahridan 35 dengiz milyasi janubda sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
«Kapitan kema yaqinida portlash sodir bo‘lganligi va zarar yetkazilgani haqida xabar berdi. U barcha ekipaj a’zolari xavfsiz ekanligini ma’lum qildi», - deyiladi UKMTO xabarida. Markaz kemaning nomi va turini keltirmadi.
Keyinroq idora aniqlik kiritishicha, ekipaj, harbiy rasmiylar ma’lumotlariga ko‘ra, kemani tark etgan. Kemalarga ehtiyotkorlik bilan harakat qilish va har qanday shubhali faoliyat haqida xabar berish tavsiya etiladi, deya qo‘shimcha qildi UKMTO.
Husiychilar Qizil dengizdagi kemalarga hujum qilmoqda
Yamanning Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiychi isyonchilari 2023 yil oktyabr oyida HAMAS harakati Isroilga hujum qilganidan beri Qizil dengizdagi tijorat kemalariga dronlar va raketalar bilan muntazam hujum qilib kelmoqda. Husiychilar Yaqin Sharqdagi mojaroga HAMAS tomonida kirganini e’lon qildi. AQSh va Britaniya o‘z ittifoqchilari ko‘magida yanvar oyi o‘rtalaridan boshlab Yaman Respublikasidagi husiychilar nishonlariga yirik hujumlar uyushtirmoqda.
Fevral oyi boshida Yevropa Ittifoqi davlatlari Qizil dengizda tijoriy yuk tashishni himoya qilish uchun Aspides nomli harbiy operatsiya o‘tkazishga kelishib oldi. Operatsiyani boshlash bo‘yicha rasmiy qaror 19 fevral kuni Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Bryusselda o‘tadigan konferensiyasida qabul qilinishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

00:15 / 15.04.2025
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi

03:29 / 04.04.2025
Pentagonda husiylarga hujum Signal chatida muhokama qilingani yuzasidan tergov boshlandi

10:07 / 26.03.2025
Yaman bo‘yicha chatdagi sizib chiqishdan keyin AQShda yangi jinoiy modda joriy etiladi

23:28 / 25.03.2025