Jahon | 10:48 / 20.02.2024
3949
2 daqiqa o‘qiladi

Bayden Navalniyning o‘limi tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar qo‘llanishini istisno etmadi

AQSh prezidenti Aleksey Navalniyning o‘limi Vakillar palatasida respublikachilarni Kiyevga qo‘shimcha harbiy yordam uchun ovoz berishga ishontirishiga ishonchi komil emasligini ta’kidladi.

Foto: Evan Vucci/AP Photo/picture alliance

Qo‘shma Shtatlar koloniyada muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniyning o‘limi munosabati bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Buni 19 fevral, dushanba kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda AQSh prezidenti Jo Bayden tasdiqladi.

«Bizda allaqachon sanksiyalar bor, lekin qo‘shimcha sanksiyalarni ko‘rib chiqyapmiz, ha», dedi Bayden muxbirlardan birining savoliga javoban. Amerikaning CBS News telekanali o‘z saytida davlat rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

16 fevralda, Federal jazoni ijro etish xizmati matbuot xizmati Navalniyning o‘limi haqidagi xabarni tarqatgan kuni Bayden rejadan tashqari brifingda muxolifatchining o‘limi uchun javobgarlik Rossiya rahbariyati zimmasida ekanligini aytdi. Shu bilan birga, jurnalistlar Baydenning 2021 yilgi bayonotini eslatib, Aleksey Navalniy vafot etgan taqdirda Rossiya «halokatli oqibatlarga» duchor bo‘lishi haqidagi bayonotini keltirdi va endi bu qanday oqibatlarga olib kelishiga oydinlik kiritishni so‘radi. Jo Bayden «barcha variantlarni» ko‘rib chiqayotganini ta’kidladi. 

Navalniyning o‘limiga izoh berar ekan, AQSh prezidenti Rossiya tomonidan tahdid borligiga ishora qildi hamda Kongressni Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam ko‘rsatishni ma’qullashga chaqirdi. 19 fevral kuni Bayden Navalniyning o‘limi hali ham yordamga to‘sqinlik qilayotgan Vakillar palatasidagi respublikachilar fikriga ta’sir qilishi yoki qilmasligiga ishonchi komil emasligini ta’kidladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid