Rossiyaning KIVI Banki litsenziyasidan mahrum bo‘ldi
Lisenziya bekor qilinganidan keyin rossiyaliklar boshqa mamlakatlarga pul o‘tkazish uchun foydalanadigan QIWI-hamyon va Contact xizmatlari bloklandi.
Rossiya Markaziy banki KIVI Bankining bank litsenziyasini bekor qildi, deb xabar qildi regulyator 21 fevral, chorshanba kuni. Rossiya banki kredit tashkiloti litsenziyasi u bank faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi qonunlarni buzganligi munosabati bilan bekor qilinishini izohladi.
Regulyator KIVI Bankni «jismoniy shaxslar va yashirin biznes o‘rtasidagi hisob-kitoblarni ta’minlashga qaratilgan yuqori xavfli operatsiyalarni amalga oshirishda» aybladi. Markaziy bank bayonotida aytilishicha, KIVI Bank boshqa narsalar qatorida kriptovalutalar, noqonuniy onlayn kazinolar, bukmekerlar foydasiga pul o‘tkazish va «regulyator tomonidan qo‘yilgan cheklovlarni chetlab o‘tishning yangi usullarini izlash» bilan shug‘ullangan.
QIWI-hamyon va Contact xorijga pul o‘tkazmalari tizimi ishlamayapti
KIVI Bank pul o‘tkazmalari, onlayn-ekvayring va raqamli bank kafolatlarini berishga ixtisoslashgan. Uning asosiy mahsuloti QIWI Hamyon xizmati edi. Bundan tashqari, bank Rossiyadan boshqa mamlakatlarga pul o‘tkazish uchun foydalaniladigan Contact pul o‘tkazmalari tizimining operatori sifatida ishlaydi.
Lisenziya bekor qilingandan so‘ng, QIWI-hamyonlarini to‘ldirish imkonsiz bo‘lib qoldi. Tez orada Contact to‘lov tizimi va Moskvadagi QIWI to‘lov terminallari ishlamay qoldi. Avtomatlarning ekrani bloklandi, «To‘lovlar vaqtinchalik qabul qilinmaydi» degan xabar paydo bo‘ldi, deb xabar beradi TASS.
Bank Moskva, Sankt-Peterburg va Qozondagi o‘z vakolatxonalarini yopishini ma’lum qilgan. «Hozir sizda juda ko‘p savollar borligini tushunamiz. Biz vaziyatni tushunib turibmiz va keyingi harakatlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishimiz bilanoq sizga javob beramiz», deyiladi bank xabarida.
Markaziy bank 2022 yil avgust oyidan, Krosno-bank uni yo‘qotganidan beri moliya tashkilotlarining litsenziyalarini qaytarib olgani yo‘q, deb yozadi RBK agentligi. Markaziy bankning litsenziyalarni bekor qilishdagi tanaffusi bir yarim yil davom etdi, regulyator 1991 yildan beri bunday pauza qilmagan, deya ta’kidlaydi agentlik.
Mavzuga oid
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
14:14 / 12.11.2024