Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yashil energiya» sertifikatlari savdosidan tushgan daromadga soliq solinmaydi
Prezident tomonidan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yanada rivojlantirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.
Soliq kodeksiga kiritiladigan qo‘shimchaga muvofiq, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan generatsiya obektlarining “yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlar foyda solig‘i solishda hisobga olinmaydigan daromadlar hisoblanadi.
“Yashil energiya” sertifikati – qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi elektron hujjat.
Quvvati 300 kVt va undan yuqori bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash faqat ushbu manbalar maxsus vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
08:16 / 19.06.2026
Qaysi davlatlar energiyani iste’mol qilganidan ko‘proq ishlab chiqaradi?
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
21:33 / 25.04.2026
Smartfonda energiya tejash rejimini qachon yoqish kerak?
11:44 / 23.04.2026