Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda boshqaruvsiz qolgan poyezd 70 km masofani bosib o‘tdi
Poyezd faqat relslarga o‘rnatilgan yog‘och bloklar tufayli to‘xtatildi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi.
Hindiston temiryo‘llari «qochqin poyezd» bilan bog‘liq hodisani tekshirishni boshladi. Qayd etilishicha, boshqaruvsiz qolgan poyezd 70 km masofani bosib o‘tgan. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
25 fevral kuni shag‘al ortilgan 50 ta vagonli yuk poyezdi Jammu va Kashmirdan Panjobga jo‘nab ketgan. Poyezd ekipajni almashtirish uchun Jammudagi stansiyada to‘xtagan. Mashinist va uning yordamchisi poyezdan tushgach, u qiyalikdan pastga qarab harakatlanishni boshlagan.
Poyezd taxminan 100 km/soat tezlikka erishgan. Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun uning yo‘nalishi bo‘ylab barcha temiryo‘l kesishmalari yopilgan. Poyezd faqat relslarga o‘rnatilgan yog‘och bloklar tufayli to‘xtatilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Hindiston temiryo‘llari har kuni millionlab yo‘lovchilarni tashiydi. Ularni modernizatsiya qilish, zamonaviy stansiyalar qurish, elektron signalizatsiya tizimlarini o‘rnatish uchun katta mablag‘ yo‘naltiriladi. Biroq, turli hodisalar muntazam ravishda sodir bo‘ladi. 2023 yil yozida uchta poyezd to‘qnashishi oqibatida kamida 275 kishi halok bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
21:25 / 18.03.2026
2 maydan Toshkent-Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi boshlanadi
12:04 / 17.03.2026
Deutsche Bahn kechikishlar uchun 156 mln yevro kompensatsiya to‘ladi
09:03 / 17.03.2026
Hindistonda qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi
20:56 / 14.03.2026