O‘zbekiston | 13:30 / 26.02.2024
3665
5 daqiqa o‘qiladi

Kelajak uchun millionlab daqiqalar: Beeline Uzbekistan sahroning qoq markaziga aloqa olib keladi

Foto: Beeline Uzbekistan

Beeline Uzbekistan Qoraqalpog‘istondagi Tebinbuloq konini internet va ovozli aloqa bilan ta’minladi, u yerda Triangul Metals kompaniyasi yangi yuqori texnologiyali kon-metallurgiya kombinatini barpo etmoqda.

Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilayotgan loyiha mamlakatimizda metall ishlab chiqarishning to‘liq sikliga ega bo‘lgan birinchi qora metallurgiya korxonasini yaratish imkonini beradi: ruda qazib olishdan tortib, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor po‘lat mahsulotlarini ishlab chiqarishgacha.

Barqaror va ishonchli aloqani ta’minlash uchun zamonaviy texnologiya va qurilmalardan foydalanish strategik ahamiyatga ega.

«O‘zbekiston 2030» strategiyasiga kiritilgan yirik sarmoyaviy loyiha maydonchasida 2022 yildan boshlab mobil aloqa baza stansiyalari barpo etilib, sun’iy yo‘ldosh orqali internet aloqasi tashkil etilmoqda.

Birgina 2023 yilning o‘zida o‘rnatilgan uyali aloqa baza stansiyalari tufayli joylarda xodimlar 6,5 million daqiqadan ko‘proq muloqot qilib, internetda 143 000 GB ma’lumot almashdilar.

«Biz Qoraqalpog‘iston rivoji uchun cho‘l markazida zamonaviy kon-metallurgiya majmuasini barpo etishdek muhim loyihani amalga oshirishda o‘z hissamizni qo‘shishimizdan mamnunmiz, – dedi Beeline Uzbekistan korporativ savdoni rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Fisenko.

– Olis hududlarni aloqa bilan ta’minlash — murakkab vazifa. Biz ushbu masalani eng yangi texnologiya va uskunalar yordamida muvaffaqiyatli hal qilamiz. Sanoat qurilish maydonchalarining raqamli infratuzilmasi va yuqori tezlikdagi internetga ulanish uchun yangi digital-standartlarni hisobga olamiz. Bu ayniqsa olis joylarda va respublikaning og‘ir iqlim sharoitida ishlaydigan tog‘-metallurgiya sanoati mutaxassislari uchun juda muhimdir».

Tebinbuloq kon-metallurgiya majmuasining qurilishi nafaqat qora metallurgiya va sanoatga katta investitsiyalarni jalb qiladi. Metallurgiya sanoati viloyat iqtisodiyoti uchun maksimal samara keltirishi nazrda tutiladi, chunki metallurgiyadagi bir nafar ishchi turdosh sanoat tarmoqlarida 7 kishigacha ishchining bandligini ta’minlaydi. 2025 yilga kelib, investorlarning fikriga ko‘ra, Tebinbuloq KMKda 5 minggacha yangi ish o‘rnini yaratish rejalashtirilgan.

“Ushbu maydonda geologlar, konchilar, muhandislar va quruvchilar navbatchilik asosida ishlaydi. Mobil aloqa va internetning paydo bo‘lishi xodimlarga Toshkentdagi loyiha ofisi va mamlakatning istalgan nuqtasidagi qarindoshlari bilan tezda bog‘lanish imkonini beradi. Bu ayniqsa uydan olisda uzoq vaqt o‘tkazishlarini hisobga olsak, ularning ishini yanada qulay qiladi”, — deya ulashadi Dilshod Ataxanov, loyiha rahbari vazifasini bajaruvchi, konning bosh muhandisi.

Ayni paytda qamrov hududini kengaytirish va mobil internet tezligini oshirish uchun obektda antenna-machta inshootini qurish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Yangi baza stansiyalari quyosh panellariga ulanadi.

Beeline Uzbekistan O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, avval aloqa bo‘lmagan chekka va aholi soni kam joylarda noldan mobil infratuzilmani barpo etish qobiliyatini namoyish etdi. Bu esa bo‘lajak kombinat quruvchilariga zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkonini berib, ish samaradorligini oshirish va loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish imkonini beradi.

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

 VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

 Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama

Mavzuga oid