Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil va HAMAS hozircha muhim masalalar bo‘yicha biror kelishuvga erishgani yo‘q
Sulh bo‘yicha muzokaralarda va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvda muvaffaqiyat yo‘qligi ta’kidlanmoqda.
Foto: AP
Qatar Tashqi ishlar vazirligi (TIV) 27 fevral kuni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda hozircha hech qanday yutuq yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda Interfax yozdi.
«Isroil va HAMAS o‘rtasida asosiy munozarali masalalar bo‘yicha hech qanday kelishuvga erishilmagan», deb Qatar TIV bayonotini keltirmoqda Isroil matbuoti.
Misr va AQSh bilan birgalikda vositachi sifatida ishlayotgan Qatar TIV bayonotida aytilishicha, ayni damda «sulh bo‘yicha muzokaralarda va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvda muvaffaqiyat yo‘q».
Shu bilan birga, Qatar TIV vositachilik bo‘yicha muzokaralarga optimistik qarashini qayd etdi.
Bir kun avval AQSh prezidenti Jo Bayden G‘azo sektori bo‘yicha kelishuvga kelasi dushanba kuni, ya’ni 4 martgacha erishilishiga umid bildirdi.
Biroq, ertasi kuni HAMAS vakili Baydenning umidlari «harbiy vaziyat»ga to‘g‘ri kelmasligini va hal qilinishi kerak bo‘lgan katta bo‘shliqlar mavjudligini aytdi.
Mavzuga oid
16:39 / 11.05.2026
«Isroil AQSh harbiy yordamiga qaramlikni to‘xtatishni istaydi» – Netanyahu
14:52 / 10.05.2026
Livanda Isroil zarbasi oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi
21:50 / 09.05.2026
O‘zbekistonliklar "Qatar Airways"ga ishga olinadi
20:09 / 08.05.2026