Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij-2024 saralashi. O‘zbekiston ayollar milliy jamoasi Avstraliyaga 0:10 hisobida mag‘lub bo‘ldi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy jamoasi Parij-2024 Olimpiadasi hal qiluvchi 3-saralash bosqichi doirasida Avstraliyaga qarshi javob bahsida maydonga tushdi.
Foto: UFA
Melburndagi «Marvel stedium»da o‘tgan bahsning 1-daqiqasidayoq vakillarimiz o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ygach, Avstraliyani to‘xtatib qolishni bo‘lmadi. 50 ming tomoshabin qarshisidagi mezbonlar 90 daqiqa davomida yana 9ta gol kiritib, O‘zbekiston ayollar milliy jamoasini tor-mor etishdi – 10:0.
Shu tariqa, Midori Xonda boshchiligidagi futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy jamoasi Parij-2024 Olimpiada o‘yinlariga saralash bosqichining hal qiluvchi bosqichida Avstraliyaga ikki o‘yin hisobida 0:13 hisobida mag‘lub bo‘lib, Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqa olishmadi. Toshkentdagi o‘yinda 24 fevral kuni 0:3 hisobi qayd etilgandi.
Yana bir o‘yinda Yaponiya Shimoliy Koreyadan ustun (0:0, 2:1) kelib, Parij-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Qayd etish joiz, yirik mag‘lubiyatga qaramay O‘zbekiston ayollar jamoasi ilk marta saralashning hal qiluvchi bosqichigacha yetib kelishdi. Osiyodan Avstraliya va Yaponiya Olimpiadaga yo‘llanma olgan bo‘lsa, O‘zbekiston va Shimoliy Koreya yo‘llanmaga ega chiqa olmadi.
Parij-2024 saralashi hal qiluvchi bosqich. Ayollar futboli.
28 fevral (chorshanba)
Avstraliya – O‘zbekiston – 10:0
Gollar: Dilrabo Asadova 1 avtogol, Mishel Heyman 4, 8, 16, 45+2, Keytlin Torpi 22, Meri Fauler 36, Keytlin Furd 38, Heyli Raso 68, Emi Seyyer 90+4.
Birinchi uchrashuv: 3:0.
Mavzuga oid
18:18 / 13.01.2026
Meta Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lganlarning qariyb 550 ming akkauntini blokladi
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
18:02 / 05.01.2026