Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols: Ukrainaga NATO quruqlikdagi qo‘shinlari yuborilmaydi
Parijdagi konferensiya ishtirokchilari Ukraina tuprog‘ida Yevropa quruqlik kuchlari va NATO askarlari bo‘lmasligiga kelishib oldi, dedi Germaniya kansleri.
Foto: IMAGO/Ds NACHRICHTENAGENTUR
Germaniya kansleri Olaf Shols NATO va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan Ukrainaga qo‘shin yuborish g‘oyasini qat’iyan rad etdi. Bir kun avval Parijda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha konferensiyada «Ukraina tuprog‘ida quruqlikdagi qo‘shinlar bo‘lmaydi, u yerga Yevropa davlatlari yoki NATO davlatlari tomonidan yuborilgan askarlar bo‘lmasligiga kelishildi», dedi Shols seshanba, 27 fevral kuni Frayburgda jurnalistlarga.
Shu tariqa u Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning dushanba kuni kechqurun konferensiya yakunida Ukrainada G‘arb quruqlik kuchlari joylashtirilishi mumkinligini inkor etmagan bayonotlariga javob berdi.
Biroq Germaniya hukumati rahbarining ta’kidlashicha, Yevropa yetakchilari Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni tezlashtirish uchun endilikda Yevropadan tashqari uchinchi davlatlardan qurol sotib olishga tayyor.
SPD va «Ittifoq-90/«yashillar» partiyasining hukumat koalitsiyasi, shuningdek, CDU/CSU muxolifat bloki yetakchi siyosatchilari Bundesver askarlarini joylashtirish haqida gap bo‘lishi mumkin emasligini aniq aytdi.
Makron Ukrainaga yordam berishda qo‘shma harakatlarga chaqirdi
Yigirmaga yaqin davlat va hukumat rahbarlari, jumladan, Kanada va AQSh vakillari ishtirok etgan konferensiya boshlanishidan oldin chiqish qilgan Fransiya prezidenti bugungi kunda barchaning xavfsizligi «tahdid ostida» ekanini aytdi.
Makron ta’kidlaganidek, Rossiyaning xatti-harakati endi siyosiy darajada ham, Ukrainaga qarshi urush paytida ham keskinlashmoqda, shuning uchun Ukrainani qo‘llab-quvvatlagan har bir kishi «jamoaviy harakat» qilishi kerak. Shu bilan birga, u «rus xalqi bilan urushga kirishni» istamasligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
19:58 / 20.02.2026
OAV Zelenskiy yana uch yillik urushga tayyorlanishni buyurgani haqida yozdi. Kiyev rad etdi
13:27 / 20.02.2026
Shvetsiyaning Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi - 1,2 mlrd yevro
12:08 / 19.02.2026
Yevroittifoq sharqiy chegaralarga yaqin hududlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytiradi
11:26 / 19.02.2026