Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada fermerlar namoyish qilmoqda, Pokrovsk aholisi evakuatsiya qilinmoqda. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 734-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Yevropa parlamenti Ukrainaga 50 milliard yevro miqdoridagi yordam ajratish uchun ovoz berdi.
- RF mudofaa vazirligi Donetsk oblastining Avdiyivka shahri hududida amerikaliklarning Abrams rusumli tanklaridan birinchisi yakson qilingani haqida xabar berdi. Ukraina bu ma’lumotni izohlamagan.
- Emmanuel Makron Yevropa mamlakatlari Ukrainaga qo‘shin yuborishi mumkinligini istisno etmadi. Boshqa davlatlar rahbarlari, jumladan AQSh prezidenti ham bunga javoban bunday reja yo‘qligini ma’lum qilishdi.
- Dmitriy Peskov agar alyans harbiylari Ukrainada paydo bo‘lgudek bo‘lsa, Rossiya va NATO o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri qurolli to‘qnashuv kelib chiqishi muqarrar ekanini aytdi.
- «Memorial» rahbari Oleg Orlov urushga qarshi maqolasi uchun ikki yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi, u o‘z maqolasida Putin rejimini fashistlar bilan tenglashtirgandi.
- Ukraina qurolli kuchlari bir kun ichida Rossiyaning Su-34 rusumli ikkita samolyoti urib tushirilgan haqida ma’lum qildi.
- Volodimir Zelenskiy Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad ibn Salmon bilan uchrashdi. Ular Ukrainaning «tinchlik formulasi»ni amalga oshirishni muhokama qilishgan.
Donetsk oblasti front chizig‘idagi vaziyat
Chasiv Yar front chizig‘idan besh kilometr masofada joylashgan. U Rossiya armiyasi tomonidan muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda — shaharga artilleriya va dronlar orqali zarbalar yo‘llanadi. Chasiv Yar nisbatan balandlikda joylashgan, ukrain qo‘shini ta’minot chizig‘i shu yerdan o‘tadi.
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
Pokrovskda tinch aholi evakuatsiyasi
Svet Jacqueline / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Yevropadagi fermerlar namoyish qilishda davom etmoqda. Buning sabablaridan biri — ukrain mahsulotlari bojsiz kiritilishi
Polsha, Germaniya va Fransiya fermerlari 2023 yildan buyon namoyish qilib kelmoqda. Bu yilda ularga Belgiya, Italiya, Gretsiya, Litva va Latviyadagi hamkasblar qo‘shildi. Fermerlar dizel yonilg‘isi narxi oshishi, hukumat subsidiyalarini qisqartirish rejalari va Yevropa ittifoqining iqlim siyosatiga qarshi — shuning uchun ular shaharlar ko‘chalarini traktorlar bilan to‘sib qo‘yishmoqda.
Markaziy va Sharqiy Yevropadagi fermerlar holatini Ukrainadagi urush o‘zgartirib yubordi. 2022 yilda Yevroittifoq Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlari olib kirilishiga bojlar va kvotalarni bekor qildi, bundan tashqari, YeI va Ukraina o‘rtasida yuk tashuvlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi kelishuv kuchga kirdi. Natijada qo‘shni mamlakatlar ukrainlarning arzon mahsulotlari bilan to‘lmoqda — mahalliy fermerlar esa bunga qarshi namoyishlar o‘tkazmoqda, eng yiriklari — Polshada bo‘lib o‘tmoqda.
Sergei Gapon / AFP / Scanpix / LETA
Nicolas Maeterlinck / Belga / AFP / Scanpix / LETA
Juan Medina / Reuters / Scanpix / LETA
Christophe Petit Tesson / Reuters / Scanpix / LETA
Apostolis Domalis / EPA / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026