O‘zbekiston | 11:20 / 29.02.2024
6434
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga tashrif buyuradi

Davlat rahbari Urganchda yaqin istiqbolga mo‘ljallangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, safar davomida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohalar va mahallalarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishiladi, yangi obekt va loyihalarni ishga tushiriladi.

Davlat rahbari Urganch shahrida viloyatni rivojlantirish bo‘yicha yaqin istiqbolga mo‘ljallangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid