Jahon | 10:20 / 01.03.2024
8504
3 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg: Kiyev rossiyaliklar UQK mudofaasini yorib o‘tishidan xavotirlanyapti

Bloomberg agentligining yozishicha, Ukraina razvedkasi Putin hali ham Kiyev va Odessani egallashga intilmoqda, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, Kiyev yozgacha rossiyaliklar Ukraina mudofaasini yorib o‘tishlaridan qo‘rqyapti. 

Foto: Picture Alliance

Bloomberg agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina rasmiylari joriy yilning yozigacha Kiyev ittifoqchilari o‘q-dorilar yetkazib berishni sezilarli darajada oshira olmasa, Rossiya qurolli kuchlarining hujumi sezilarli kuchayishi mumkinligidan xavotirda. Shu bilan birga, Ukraina rasmiylari rossiyaliklarning Ukraina qurolli kuchlari mudofaasini yorib o‘tishi xavfini ko‘rmoqda, deb yozadi agentlik 29 fevral, payshanba kuni Ukraina rasmiy organlari tahlillari bilan tanish bo‘lgan manbaga tayanib

Shu bilan birga, Kiyevning jang maydonidagi vaziyatga bahosi tobora ayanchli bo‘lib bormoqda, chunki ukrain bo‘linmalari Rossiya hujumlarini ushlab turish uchun kurashmoqda va otilishi mumkin bo‘lgan snaryadlar sonini zaxirasini saqlab qolish maqsadida cheklamoqda, deya ta’kidlaydi Bloomberg. Ukraina sharqidagi Avdiyivka va yana bir qancha qishloqlarning qo‘ldan chiqarilgan, shuningdek, Kongress AQSh muhim yordamini kechiktirgani Ukraina mudofaasi Rossiya hujumiga dosh bera olmasligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirdi. Bu Kiyevning ittifoqchilari uchun ogohlantirish qo‘ng‘irog‘i bo‘lishi kerak, deya agentlik nomi oshkor etilmagan yevropalik amaldorning so‘zlarini keltiradi. 

«RF hali ham Kiyev va Odessani egallamoqchi» 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamon Ukrainaning yirik shaharlarini, jumladan Kiyev va Odessani qo‘lga kiritishga intilmoqda, deb yozadi Bloomberg Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga tayanib. Odessaning bosib olinishi unga Ukrainadan g‘alla eksportini to‘xtatishga va Kishinyov bilan qarama-qarshilikda Rossiya Federatsiyasidan himoya so‘ragan Dnestrbo‘yiga kirishga imkon beradi. 

Shu bilan birga, agentlik Rossiya joriy harbiy kampaniya natijalariga qarab yozda Ukraina mudofaasini yorib o‘tish uchun sekin hujumni davom ettirish yoki kattaroq zarba berish uchun resurslarni to‘plash to‘g‘risida qaror qabul qilishini bildirdi. Ikki yillik urush Rossiya kuchlarini toliqtirib yubordi, shu bois keng ko‘lamli hujum Kreml uchun muammo bo‘ladi, deydi nashr.

Shu kuni Rossiya prezidenti Federal majlisga murojaati chog‘ida «rossiyaliklarning mutlaq ko‘pchiligi» Ukrainaga qarshi boshlangan urushni qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Bundan tashqari, u Ukraina hududiga xorijiy qo‘shinlar yuborilsa, bu «fojiali oqibatlarga olib kelishi» bilan tahdid qildi hamda G‘arbni «Ukraina, Yaqin Sharq va dunyoning boshqa mintaqalarida mojarolarni qo‘zg‘atayotganlikda» aybladi. 

Mavzuga oid