Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida yangi loyihani amalga oshirish taklifi bilan chiqdi
O‘zbekiston elchixonasida Britaniyaning Integrated Qualifications Framework (IQF) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Foto: Dunyo
«Dunyo» xabariga ko‘ra, Britaniya tomoni O‘zbekiston ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, kasb-hunar ta’limi sifatini yanada oshirish, uni oliy ta’lim bilan integratsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.
IQF vakillari Britaniya ta’lim tizimining 8 ta darajasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, maktab bitiruvchilari uchun Level 2 (GCSE) va Level 3 (A level) darajalari sertifikatlarini Pearson va Cambridge kabi dunyoda tan olingan tashkilotlarning kasbiy o‘quv dasturlarida tahsil olish orqali qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud.
Uchrashuv yakunida Integrated Qualifications Framework kompaniyasi vakillarining yangi loyihalarni amalga oshirishni yo‘lga qo‘shish maqsadida shu yilning 12-14 mart kunlari O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil bo‘yicha kelishib olindi.
Mavzuga oid
19:42 / 22.04.2026
Maktablarda 12 yillik ta’limga qachon o‘tiladi? – mas’ullar jim
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
13:31 / 11.03.2026