Beeline Uzbekistan va vivo kompaniyalari futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga yo‘llanma sovg‘a qilishmoqda
Futbol bayrami yaqinlashmoqda! Beeline va vivo Uzbekistan kompaniyalari ushbu katta hodisaning bir qismiga aylanish uchun noyob imkoniyat taqdim etishmoqda. 4 martdan 28 aprelgacha davom etadigan yangi EURO BOOM aksiyasida ishtirok eting va YeVRO-2024 yarim finali yoki finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiriting!
Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati 2024 yilning 14 iyunidan 14 iyuliga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadigan UEFA boshchiligidagi milliy terma jamoalarning asosiy musobaqasi hisoblanadi. YeVRO-2024 — shunchaki musobaqa emas, bu butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarni birlashtirgan haqiqiy futbol bayramidir.
Aksiyaning har bir ishtirokchisi ko‘plab sovrinlardan birini yutib olish imkoniyatiga ega, jumladan: Yevropa chempionati final va yarim finali uchun Germaniyaga yo‘llanmalar, 100 million so‘mgacha pul mukofotlari, vivo smartfonlari, 30 kunga 1 TB hajmdagi internet-to‘plamlar hamda chiroyli raqamlar.
Barcha ishtirokchilar orasida o‘tkaziladigan aksiyaning yakuniy o‘yini futbol bo‘yicha Yevropa chempionati finaliga ikki kishilik yo‘llanma yoki qo‘shimcha pul supersovrinlarini qo‘lga kiritish uchun noyob imkoniyatlarni yaratadi. Germaniyaga yo‘llanma aviachipta, mehmonxonada joylashish, sport musobaqasiga chipta, shuningdek, tibbiy sug‘urta va viza to‘lovlarini o‘z ichiga oladi.
Aksiyada qatnashish juda oson: quyidagi shartlardan biri bajarilsa, kifoya: Beeline Uzbekistan kompaniyasining yangi mijoziga aylanish yoki hisobni 40 000 so‘m va undan ko‘proqqa to‘ldirish; 10 GB yoki undan ortiq hajmli 30 kunlik internet-to‘plamni xarid qilish yoki yangi vivo smartfonini faollashtirish lozim.
«Biz vivo Uzbekistan bilan birgalikda mijozlarimizga nafaqat qulay muloqot shartlari, balki 2024 yilgi Yevropa chempionatining unutilmas taassurotlarini ham taqdim eta olishimizdan mamnunmiz. Biz aksiyada ishtirok etish shartlarini iloji boricha oddiy va qulay qilishga harakat qildik. Aksiyaning har bir ishtirokchisi YeVRO-2024 yo‘llanmasini yutib olish va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega», — deya izoh berdi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.
O‘yinni har chorshanba kuni jonli efirda Beeline TV, shuningdek, Beeline Uzbekistan'ning Instagram, Facebook va YouTube'dagi rasmiy sahifalarida kuzatib borish mumkin.
Sovrin yutish imkoniyatlari har hafta yangilanadi, ularni Beeline Uzbekistan ilovasida tekshirib borish mumkin. Har safar balansni 40 000 so‘mga to‘ldirib, abonent 1 ta imkoniyatga ega bo‘ladi, agar balans Beeline Uzbekistan yoki Beepul ilovasi orqali to‘ldirilsa, imkoniyat ikki karraga ortadi. Hajmi 10 GB dan boshlangan 30 kunlik har bir xarid qilingan internet-to‘plam uchun 1 ta imkoniyat beriladi, yangi vivo smartfonini faollashtirish evaziga esa ishtirokchi darhol 10 ta imkoniyatga ega bo‘ladi.
«vivo — shunchaki zamonaviy va hamyonbop smartfon emas, bu — hayot tarzi. Biz mijozlarimizga nafaqat eng yaxshi qurilmalarni, balki ajoyib taassurotlarni ham ulashishga intilamiz. Beeline Uzbekistan bilan hamkorlikdagi EURO BOOM aksiyasi barcha futbol muxlislariga sovg‘amizdir. vivo ushbu hamkorlik natijasida mijozlar YeVRO-2024 da ishtirok etishi yanada qulaylashganidan mamnun. Aksiyaga qo‘shiling, sevimli jamoangizni qo‘llab-quvvatlang va ajoyib sovg‘alarni yutib oling!» — deya ulashadi vivo Uzbekistan bosh direktori LIU XIN.
Bosh sovrinni qo‘lga kiritish va yilning asosiy futbol tadbirining bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Aksiya shartlari va sovrinlar haqida batafsil ma’lumotlarni digital-operator saytidan bilib oling.
***
Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.
VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.
Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
BBL Tashkent Limited MChJ vivo Uzbekistan kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasidagi rasmiy vakili.
vivo 2009 yilda tashkil etilgan mobil telefonlar va shunga bog‘liq xizmatlarga ixtisoslashgan taniqli texnologik kompaniya.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan
Reklama
Mavzuga oid
17:20 / 21.11.2024
GSMA Beeline Uzbekistan va O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda M360 Euroasia’ni Toshkentga olib keladi
18:00 / 06.11.2024
"Hamkoringizni biling: komplayens biznesga xavf-xatarsiz o‘sishda qanday yordam beradi" - Beeline Uzbekistan Toshkentdagi forumga taklif qiladi
18:00 / 04.11.2024
VEON O‘zbekistonda sun’iy intellektga asoslangan Hambi - «Hammasi Bitta» superilovasini ishga tushirdi
13:00 / 29.08.2024