Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada uyida dizel yonilg‘isini texnik talablarga zid ravishda sotayotgan shaxs aniqlandi
Farg‘ona viloyatida dizel yonilg‘isi noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va «O‘zenergoinspeksiya» Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda aniqlangan. Bag‘dod tumani, «Do‘rmoncha» MFYda yashovchi M.A. o‘z xonadonida texnik talablarga zid ravishda dizel yonilg‘isi sotayotgani ma’lum bo‘ldi.
Undan 640 litr dizel yonilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, bu kabi holat Toshloq tumani, «Qaqir» MFYda yashovchi X.M. o‘ziga tegishli mashina yukxonasida texnik talablarga zid ravishda 700 litr neft mahsulotini tashish vaqtida ham aniqlandi.
Mavzuga oid
22:24 / 07.04.2026
Birjadagi oxirgi 2 savdo sessiyasida dizel narxi 17,5 foizga qimmatlashdi
23:18 / 06.03.2026
Neft narxi rekord darajada oshdi
08:40 / 29.11.2025
Energetika sohasida yuqori lavozimlarga yangi tayinlovlar amalga oshirildi
21:20 / 29.10.2025