Jahon | 16:53 / 05.03.2024
18484
5 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Donbassdagi yurishni to‘xtatishga urinmoqda, Rossiya shaharlari bo‘ylab tashviqot poyezdi harakatlanmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 740-kuni o‘tdi.

Samara oblastida shikastlangan ko‘prik

Samara oblastida portlash oqibatida Chapayevka daryosi ustidan o‘tgan ko‘prik qisman shikastlandi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan, ammo bu poyezdlar harakati grafigiga ta’sir ko‘rsatgan. Ukraina mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi «temiryo‘l ko‘prigi safdan chiqarilgan faktini tasdiqlagan». Boshqarmadagilarning hisoblashicha, ko‘prikdan Chapayevkadagi «Polimer» zavodida ishlab chiqarilgan harbiy yuklarni tashish uchun foydalanilgan.

Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi texnikalari

Donetsk oblasti asosiy janglar kechayotgan joy bo‘lib qolmoqda. Fevral oyi o‘rtalarida Avdiyivkani egallagan Rossiya qo‘shini muvaffaqiyatni rivojlantirishga harakat qilmoqda. «Tavriya» operativ-strategik qo‘shinlar guruhi rasmiy vakili Dmitro Lixoviy 4 mart kuni Avdiyivka yo‘nalishida RF qo‘shinlari harakatini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lingani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, RF qurolli kuchlari Novopavlovsk yo‘nalishidagi (oldingi Maryinka) Novomixaylovkani egallash uchun zaxira kuchlarni olib kelishda davom etmoqda.

Hector Adolfo Quintanar Perez / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Hector Adolfo Quintanar Perez / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Hector Adolfo Quintanar Perez / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Baxmut yaqinidagi ukrain artilleriyasi

Rossiyalik harbiylar 2023 yil bahorida egallab olgan Baxmut atrofida janglar davom etmoqda. Amerikaning Urushlarni o‘rganish institutining (ISW) 4 mart kungi hisobotida aytilishicha, RF qo‘shini Ivanovske aholi yashash punktini egallashga urinmoqda, ukrainlarning moddiy-texnik ta’minot yo‘li shu yer orqali o‘tadi.

Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press

RF mudofaa vazirligining «Kuch haqiqatda» targ‘ibot poyezdi

RF mudofaa vazirligi 23 fevraldan 8 mayga qadar «targ‘ibot-propaganda aksiyasi»ni o‘tkazmoqda, uning doirasida Rossiya shaharlari bo‘ylab «Kuch haqiqatda» («Sila v pravde») poyezdi harakatlanadi. Tashkilotchilar rejasiga ko‘ra, poyezd Moskvadan Vladivostokka borib, ortga qaytadi, yo‘l davomida 75 stansiyada to‘xtaydi. «Targ‘ibot poyezdi tarkibi Ulug‘ Vatan urushi qurolli va harbiy texnikalari namunalari aks ettirilgan „Bu kunlar shon-shuhratni o‘chira olmaydi“ tematik vagoni, shuningdek ekspozitsiyasi Ukraina rahbariyati va ular tomonidan singdirilgan natsizm mafkurasining jinoiy niyatlarini fosh etuvchi „Orzudagi alyans“ vagonini o‘z ichiga oladi», — deyilgan RF mudofaa vazirligi tarqatgan press-relizda.

«Sila v pravde» Rostov-Dondagi vokzalda. Targ‘ibot poyezdi tarkibida Ukrainadagi janglarda qo‘llanayotgan harbiy texnikalar namunalari ham bor
Sergey Pivovarov / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya aholisiga Ukraina qurolli kuchlarining o‘lja qilib olingan texnikalari va qurol-aslahalari ham namoyish etilmoqda
Sergey Pivovarov / Reuters / Scanpix / LETA
Targ‘ibot poyezdi ekspozitsiyasidan qurol namunalari, masalan, ukrain harbiylari tomonidan foydalanilgan yelkada olib yuriluvchi zenit-raketa komplekslari ham o‘rin olgan
Sergey Pivovarov / Reuters / Scanpix / LETA
«Sila v pravde» Rossiya shaharlari bo‘ylab Amerikaning Bradley piyodalar jangovar mashinasini ham olib o‘tmoqda
Sergey Pivovarov / Reuters / Scanpix / LETA
Targ‘ibot poyezdi yaqinida shartnoma asosida armiyaga qabul qilish punkti bo‘ladi
Sergey Pivovarov / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid