Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy-joy kodeksida sud qarorisiz uy-joydan mahrum etish mumkin emasligi belgilanyapti
Mulkdorlar huquqlarini kafolatli ta’minlashga xizmat qiluvchi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.
Foto: Kun.uz
“Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bilan Uy-joy kodeksi va “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Uy-joy kodeksining 11-moddasida turar joylar tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish, ularni qayta qurish yoki buzish shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi belgilanmoqda. Amalda turar joylarning ko‘rinishini o‘zgartirish, ularni qayta qurish yoki buzishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yilar edi.
Hech kim sud qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlar o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishini ta’minlash belgilab qo‘yilmoqda.
Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 47-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
09:46 / 26.05.2026
Toshkentda uy savdosi bilan bog‘liq mojaro tergov qilinmoqda
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
10:18 / 23.05.2026
Zarafshonda ko‘p qavatli uydagi xonadonda basseyn qurib olingani aniqlandi
14:27 / 20.05.2026