Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minitraktorlarni olib kirishda bojxona imtiyozlari beriladi
Bu imtiyozlar aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

2027 yil 1 yanvargacha motokultivator, bir o‘qli traktor va minitraktorni olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari belgilanadi. Bu haqda «Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarorida belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, qarorga ko‘ra, «Online-mahalla» platformasining «Aholi tomorqasi» moduliga tomorqa yer egalari tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xonadonda mavjud issiqxonalar hamda tomorqadan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar har 6 oyda (aprel, oktyabr oylarida) kiritiladi.
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining resurslari hisobidan ajratiladigan kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 4 foizi bank marjasi) quyidagicha beriladi:
- chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish va «dala do‘konlari»ni qurish uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga;
- bog‘dorchilik (ko‘chatchilik), uzumchilik (tok so‘risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish hamda ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar qurish, ko‘chma muzlatkichlarni o‘rnatish, artezian quduqlarini qazish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi
O‘zbekiston | 12:33
-
AQShning yangi savdo bojlari 7 avgustdan kuchga kiradi
Jahon | 12:32
-
Hafta oxirida quruq ob-havo saqlanib turadi
O‘zbekiston | 12:16
-
Chirchiqda yonilg‘i quyish shoxobchasi salkam 2 mlrd so‘m jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 12:03
Mavzuga oid

07:37 / 25.07.2025
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash tartibi ishlab chiqildi

15:34 / 04.07.2025
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash tartibi tasdiqlandi

11:27 / 27.06.2025
“Mahalla servis” kompaniyalariga soliq imtiyozlari beriladi

12:21 / 02.04.2025