Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy frontda jang qilgan muddatli harbiy xizmatchilarni zaxiraga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini munosabati bilan Ukrainadagi harbiy holat tufayli xizmat muddati uzaytirilgan harbiylar 2024 yil aprel-may oylarida zaxiraga o‘tkaziladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy frontda jang qilgan muddatli harbiy xizmatchilarni zaxiraga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini munosabati bilan Ukrainadagi harbiy holat tufayli xizmat muddati uzaytirilgan harbiylar 2024 yil aprel-may oylarida zaxiraga o‘tkaziladi.
Majburiy harbiy xizmat shartlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini 22 fevral kuni Zelenskiyning o‘zi Oliy Radaga kiritgan edi. Hujjat Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan keyin harbiy xizmatdan ozod etilmagan ukrainalik chaqiriluvchilarni demobilizatsiya qilish bilan bog‘liq. Deputatlar qonun loyihasini ertasigayoq ma’qulladilar.
Fevral oyi boshida Oliy Rada safarbarlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Unda chaqiruv yoshi 27 yoshdan 25 yoshga tushirilishi, 36 oylik xizmatdan keyin demobilizatsiya mumkin bo‘lishi aytilgan edi. Bundan tashqari, hujjatda Ukrainada elektron chaqiruv qog‘ozlari berilishi ham ko‘zda tutilgan. Shuningdek, muddatli harbiy xizmat bekor qilinadi, uning o‘rniga umumqo‘shin boshlang‘ich tayyorgarligi joriy etiladi.
Mavzuga oid
11:35 / 21.06.2026
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026