Özbekistonda xotin-qizlarning ta’lim olişi uçun bir qança imtiyozlar berilgan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotlariga köra, respublikadagi jami OTMda tahsil olayotgan talabalar milliondan oşiq va xotin-qiz talabalarning uluşi yuqoriroq.

1 mln 312 ming talabaning 650 ming nafari erkaklar, 662 ming nafari esa xotin-qizlardir. Magistraturada tahsil olayotgan 24 ming talabaning 60 foizini xotin-qizlar taşkil qiladi. Talaba qizlar uluşi yuqoriligida ularga berilgan imtiyozlar ham yordam berayotgan bölişi mumkin.

Xotin-qizlarga öqişga kirişda qanday imtiyozlar bor?

2 mingta grant: Xotin-qizlar uçun öqişga kirişdagi asosiy imkoniyatlardan biri — ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiluvçi umumiy kvotaning 4 foizi miqdoridagi (2 mingta örin) grant hisoblanadi. Unga talabgorlar ham tavsiyanomani Oila va xotin-qizlar davlat qömitasidan oladi.

Tavsiyanomani kam ta’minlangan, töliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, nogironligi bölgan ota-onaning farzandlari kabi bir qator toifalarga mansub xotin-qizlar olişi mumkin va ular alohida tanlov doirasida kiriş imtihonlarida qatnaşadi, eng yuqori ball olgan 2 ming xotin-qiz tavsiyanoma asosida grantga öqişga qabul qilinadi.

5 yillik stajlilar uçun 500 ta kvota: Oila va xotin-qizlar qömitasi tomonidan 5 yillik stajga ega, oliy ma’lumotli bölmagan xotin-qizlarga tavsiyanomalar beriladi. Biroq tavsiyanomaning özi öqişga kirişni kafolatlamaydi. Uni olgan xotin-qizlar ham hamma abituriyentlar kabi imtihon topşiradi, faqat ularning balli alohida kvota doirasida hisoblanadi. Eng yuqori ball töplagan 500 abituriyent esa talabalikka tölov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Faqat qizlar uçun beriladigan imtiyozlar

Zulfiya mukofoti: umumiy örta, örta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bölgan öquvçilari OTMlar bakalavriatiga, bakalavriat talabalari bölgan laureatlar esa magistraturaga tegişli yönaliş va ixtisoslik böyiça sinovlarsiz qöşimça davlat granti asosida qabul qilinadi.

"