Yangilangan tartibga köra, oliy ta’lim taşkilotlarida kontrakt asosida öqiş uçun tölov quyidagi muddatlarda amalga oşiriladi:

  • tölov miqdorining kamida 25 foizi – abituriyentlar uçun 15 sentabrgaça, yuqori bosqiç talabalari uçun 1 oktyabrgaça yoki OTM rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgaça;
  • tölov miqdorining kamida 50 foizi – 1 yanvargaça, 75 foizi – 1 martgaça, 100 foizi – 1 maygaça yoki OTM rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgaça tölanadi.

Şu bilan birga, Davlat komissiyasi uşbu tölov muddatlarini uzaytiriş vakolatiga ega ekani belgilandi.

Şuningdek, kontraktdan tuşgan mablağlar xorijiy oliy ta’lim taşkilotlarida istiqbolli yoş pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oşiriş va stajirovka ötaşiga sarflanişi mumkin böladi.

Oliy ta’lim taşkilotlari öz talabalarini ijtimoiy muhofaza qiliş doirasida bir yilda bir talabaga mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 6 barobarigaça moddiy yordam körsatiş huquqiga ega böladi.