O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga qancha avtomobil to‘g‘ri kelishi aytildi
O‘zbekistonda uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi ma’lumotlariga asosan 2023 yilda 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 57 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.
Statistika agentligi xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2010 yilda - 21 ta, 2015 yilda - 42 tani tashkil etgan. 2020 yilda esa 49 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.
2024 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 3 mln 759 ming 45 tani tashkil etadi.
2023 yil mobaynida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 362 ming 525 taga oshgan.
Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar sonining eng ko‘pi Toshkent shahrida – 597 ming 931 ta. Mazkur reytingda keyingi o‘rinda Samarqand viloyati – 417 ming 165 ta.
Mavzuga oid
07:31 / 12.11.2024
Oktyabrda ayrim avtomobillar narxi biroz pasaydi
15:11 / 05.11.2024
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024