Tanzila Norboyeva boshchiligidagi maxsus komissiya ayollar bandligi bilan shug‘ullanadi
Senat raisi boshchiligidagi maxsus komissiya xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha yil davomida «favqulodda holat» rejimida ishlaydi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini yangi bosqichga ko‘tarish, ularning bandligiga ko‘maklashish maqsadida, Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida maxsus komissiya tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 7 mart kuni Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bo‘lib o‘tgan marosimdagi nutqida aytib o‘tdi.
Ushbu komissiya kelgusi yil 8 martga qadar har bir hududda “favqulodda holat” rejimida ishlab, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha ishlarni mutlaqo yangicha yondashuvlar va tizim asosida tashkil qiladi.
Mazkur komissiyada “Xalq banki” raisining o‘rinbosari G.Rashidova xotin-qizlarning biznes g‘oyalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘ladi. Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi, “Biznesni rivojlantirish banki” va “Mikrokreditbank”da ham ayollar tadbirkorligiga ko‘maklashish bo‘yicha alohida rais o‘rinbosarlari ish boshlaydi. Ana shu rahbarlar har bir viloyat, har bir tuman, har bir mahallada yangi biznes g‘oyalariga ega xotin-qizlarni aniqlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, loyihalarini sifatli ishlab chiqish va amalga oshirishga har tomonlama ko‘mak beradilar.
Viloyat, tuman, shahar hokimlari, hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda faol ayollar komissiya bilan birgalikda joriy yilda 9 ming 442 ta mahalladagi 580 ming nafarga yaqin ishsiz ayollarning bandligini ta’minlash uchun mas’ul etib belgilanadi.
Bu borada mahallalarda oilaviy tadbirkorlik uchun kreditlarning kamida 40 foizi ayollar taklif etgan loyihalarga yo‘naltiriladi. Shu maqsadda har bir hududda xotin-qizlar uchun hunarmandchilik, tadbirkorlik markazlari va klasterlari tashkil etiladi. Ushbu maskanlarda 205 ming nafar opa-singillarimiz mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyorlanadi hamda tadbirkorlik asoslariga o‘rgatiladi.
Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 8 ming nafar xotin-qizga o‘z biznesini boshlashi va mehnat qurollarini xarid qilishi uchun subsidiya, 10 ming nafariga esa imtiyozli kreditlar ajratiladi. 50 ming nafar yosh ayollar uchun malakali mutaxassislar ishtirokida “Biznes marafon” loyihasi tashkil etiladi. Ushbu loyiha doirasida yuzlab qobiliyatli qizlarimizga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy yordam beriladi.
Umuman, bir oy muddatda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, loyihalarni amalga oshirish uchun 15 trillion so‘m, jumladan, oilaviy tadbirkorlik loyihalariga 6 trillion so‘m ajratiladi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Yaponiya, Janubiy Koreya va Germaniyadagi elchilarimiz ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 100 million dollarlik grantlarni jalb qiladi.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Mudofaa vazirligi urushda shikastlangan texnikalarni metallolom uchun sotmoqda
Jahon | 15:14
-
O‘zbekistonda Qozog‘iston tibbiyoti kunlari o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 14:55
-
Isroil Iordan G‘arbiy sohilida yana 22 ta aholi punktini quradi
Jahon | 14:54
-
O‘zbekistonda tashlab yuborilayotgan biomassadan foydalanish pilot loyihasi amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 14:14
Mavzuga oid

18:39 / 16.04.2025
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi

15:16 / 03.04.2025
Mubin Mirzayev o‘zini o‘zi band qilish turlari qisqarishiga izoh berdi

18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi

17:25 / 28.03.2025