O‘zbekiston | 11:15 / 11.03.2024
41641
3 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida harorat pasayadi, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin

Hafta davomida beqaror ob-havo saqlanib turadi, aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Chorshanbadan respublika hududiga sovuq havo massalari kirib keladi va harorat kechasi 0…+5, kunduzi +3…+8 darajagacha pasayadi. Joylarda shamol kuchayishi, yomg‘ir qorga aylanishi ham mumkin.

Foto: Kun.uz

Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun hududning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati +15...+20 daraja atrofida bo‘ladi.

Ertaga, 12 mart kuni respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +8...+13 darajagacha pasayadi.

11–12 mart kunlari respublikaning ayrim joylarida momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Chorshanba, 13 mart kuni yomg‘ir yog‘adi, yomg‘ir asosan faqat kechasi va ertalab kuzatiladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunduz kuni ham yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

14 martda respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Respublika shimolida va janubida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

13–14 mart kunlari respublika hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi davom etadi va 14 martga borib havo harorati kechasi 0...+5 darajagacha, kunduzi +3...+8 darajagacha pasayadi. 15 martda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati –3...+2 daraja, kunduzi +6...+11 daraja bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 11–12 martda ba’zi joylarda 15–18 metr/sekundgacha kuchayadi.

Poytaxtda bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +17...+19 daraja bo‘ladi.

Ertaga, 12 martda yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 12–15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7...+9 daraja, kunduzi +9...+11 daraja bo‘ladi.

13–14 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 14 martda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Harorat kechalari 0...+3 daraja, kunduz kunlari +3...+8 daraja bo‘ladi.

15 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi –3...+2 daraja, kunduzi +6...+11 daraja bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid