Ğazo sektori ayni damda dunyoning yaşaş eng xavfli hududiga aylanib böldi. Şundoğam juda kiçik hududda yaşaydigan 2 millionga yaqin odam hozir Ğazoning bir burçagidagi Rafah şahridagi omon qolgan binolar yoki palatkalarda jon saqlaşga majbur. Ğazo musulmonlari islom olami uçun muqaddas bölgan Ramazon oyini mana şunday kutib olmoqda.

Tinçlik kelişuvi bölmaydi

Tinçlik muzokaralarida vositaçilik qilayotgan AQŞ, Misr va Qatar Ramazon oyigaça tomonlar öt oçişni töxtatiş böyiça murosaga kelişiga umid qilayotgandi. Ammo, afsuski, Ramazon oyida Ğazoda tinçlik kelişuvi bölmaydi va uruş davom etadi. HAMAS vakillari Qohiradagi muzokaralarni tark etib, keyingi haftadagina qaytişlarini ma’lum qilişgan. Öz navbatida, Isroil hududdagi amaliyotlar töxtamasligi, xususan, hozir 2 millionga yaqin falastinlik jon saqlayotgan Rafahda ham davom ettirilişini aytmoqda.

Ğazodagi bolalar ovqat olib qaytmoqda. Foto: AFP

HAMAS vakillari muzokaralarda garovda qolayotgan odamlar faqat Isroil armiyasi sektordan çiqib ketganidan keyin qöyib yuborilişini oçiq aytgan. Isroil esa HAMAS yöq qilingunga qadar jang qilişda davom etib, asirlarni kerak bölsa kuç bilan qaytarişini iddao qilmoqda. Misrdagi muzokaralarda Isroil vakillari iştirok etmadi. Çunki avvalroq HAMAS vakillari garovda qolayotgan odamlar haqida ma’lumot berişni rad etgan.

Dahşatli oçlik

Ğazoga turli davlatlar osmondan gumanitar yordam yuklari taşlaşda davom etmoqda. Ammo bu muammoni hal qiliş uçun yetarli bölmayapti. Qolaversa, osmondan taşlangan yuklarning ba’zilari paraşyuti oçilmay qolişi tufayli odamlar ustiga tuşib, 5 kişi ölimiga sabab böldi.

Ğazoga osmondan taşlanayotgan yordam yuklari
Foto: SAID KHATIB / AFP

Sektorda bölib turgan BMT vakillari Ğazoda oçlik juda jiddiy muammoga aylangani, borgani sari köproq bolalar oçlikdan halok bölayotganini aytmoqda. Hozir Rafahdagi lagerlarda minglab odamlar Ğazoning boşqa hududlaridagi uylarini taşlab kelib yaşamoqda. Ular palatkalarda jon saqlaşga majbur. Hududdagi deyarli hamma daromad manbasini yöqotgan va faqat insonparvarlik yordami evaziga qornini töqlaşi mumkin.