Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu gumanitar falokat davom etayotgani va janglar 22 oydan beri davom etayotgani aytilgan Ğazo sektoriga qarşi harbiy amaliyotlarni kengaytirişga qaror qildi, deb xabar bermoqda Isroil matbuoti.
KAN davlat telekanalining xabar berişiça, Netanyahu bilan uçraşuvda iştirok etgan bir qança yuqori martabali vazirlar boş vazir Ğazoning isroillik asirga olinganlar saqlanadigan hududlarga hujumlarini kengaytiriş niyatida ekanini aytgan. Ularning sözlariga köra, boş vazir bu qarorni xavfsizlik kuçlari vakillari bilan kelişmovçiliklarga qaramay e’lon qilgan.
Vazirlar, şuningdek, munozaralar çoğida Netanyahu Isroilning Ğazodagi keyingi harakatlari haqida gapirganda, «sektor okkupatsiyasi» atamasini qöllaganini ta’kidlamoqda.
Şu hafta boşida boş vazir Ğazoda «harbiy maqsadlar»ga erişişga qaratilgan yangi qarorlar qabul qiliş uçun xavfsizlik masalalari böyiça tor doirada vazirlar mahkamasi yiğilişini ötkaziş rejasini e’lon qildi.


















