Isroil mudofaa armiyasi Rafah şahriga zarbalar berdi, deb yozdi The Times of Israel manbalarga tayanib. Hozirça TSAHAL buni rasman tasdiqlamadi.

Naşr ma’lumotlariga köra, hujum Hamas a’zolarining Rafahda isroillik harbiylarga hujumiga javoban amalga oşirilgan. TSAHAL avvalroq guruh a’zolari 18 oktyabr kuni keçqurun tunnellardan birida harbiylarga qarata öt oçgani, harbiylar orasida jarohatlanganlar yöqligini ma’lum qilgandi.

Öz navbatida, Hamas vakillari tinçlik kelişuvlariga sodiq qolişini ta’kidlamoqda. The Times of Israel naşri yozişiça, guruh nazorati ostidagi mediada Rafahdagi hujum nişoni isroillik harbiylar emas, balki Hamasga qarşi mahalliy militsiya yetakçisi bölgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir X ijtimoiy tarmoğida boş vazir Benyamin Netanyahuni Hamas öt oçişni töxtatiş kelişuvini bajarmayotganini aytib, uruşni «töliq hajmda» qayta boşlaşga çaqirdi.

Ğazoda «barqaror tinçlik» töğrisidagi bitim 13 oktyabr kuni imzolangandi. Isroil sektorni öqqa tutişni töxtatdi, Hamas esa öz qölidagi barça isroilliklarni qöyib yubordi hamda halok bölganlarning jasadlarini topşirişni boşladi. Öşandan beri tomonlar bir-birini kelişuv şartlarini yetarli darajada bajarmaganlikda bir neça bor ayblagan.

AQŞ Davlat departamenti 18 oktyabr kuni «işonçli ma’lumotlar»ga tayanib, Hamas Ğazo aholisiga hujum qilişni rejalaştirayotganini ma’lum qildi va bu öt oçişni töxtatiş kelişuvlarini «töğridan töğri va jiddiy buziş» bölişi haqida ogohlantirdi.