AQŞ hukumati Ğazo sektorini tiklaş va rivojlantiriş böyiça 10 yilga möljallangan rejani körib çiqmoqda, deb xabar berdi Washington Post gazetasi.
Naşrning yozişiça, rejaga köra, Ğazo sektori kamida 10 yil, “gözal turistik kurort” va yuqori texnologiyalar markaziga aylanmaguniça Vaşington şafeligi ostida böladi.
Loyihada sektorni tiklaş vaqtida butun aholini boşqa mamlakatga yoki qöriqlanadigan hududga vaqtinçalik köçiriş közda tutilgan.
Bundan taşqari, sektorni tark etişga rozi bölgan har bir falastinlikka 5 ming dollar naqd pul beriladi va boşqa joyda yaşaşi uçun tört yillik ijara haqi hamda bir yillik oziq-ovqat xarajatlarini qoplaydigan subsidiya taqdim etiladi.











