Jahon | 13:30 / 12.03.2024
3422
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi 

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi, deb xabar berdi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Permdagi  “PMK”, “StroyIndustriya” va Tuladagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlar va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi

Tulada 40 ming rubl (5,5 million so‘m) ish haqini ololmagan fuqaroning maoshi undirib berildi. Shuningdek, qiyin ahvolda qolgan fuqaro Moskva—Namangan yo‘nalishidagi aviareys orqali vatanga qaytarildi.

Mamlakatning Moskva shahridagi elchixonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi mutasaddilari Tula davlat universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid