Jamiyat | 18:31 / 13.03.2024
9441
1 daqiqa o‘qiladi

Firibgarlik uchun qidirilayotgan shaxs Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Firibgarlikda ayblanib qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik 35 yoshli Xolmirza Asimovich Haqberdiyev 12 mart kuni Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi, deb xabar qildi O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulligi.

U O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralarining navbatdagi qo‘shma tadbirida qo‘lga olingan.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulligiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Xabarda ta’kidlanishicha, tezkor-qidiruv tadbirlari «tizimli ravishda davom ettirilmoqda».

Joriy yil yanvarida 2018 va 2022 yillardan buyon qidiruvda bo‘lgan ikki erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi. Ulardan biri ko‘p miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirish, ikkinchisi o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda ayblangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid