Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Revansh jangi» - Bayden va Tramp AQSh prezidentlgi uchun kurashadi
Har ikkala nomzod delegatlarning yetarli ovozini to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
AQSh prezidenti Jo Bayden va Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp o‘z partiyalaridan saylovda nomzod sifatida ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan delegatlar ovozini oldi, deb xabar berdi CNN.
Trampning respublikachi asosiy raqibi Nikki Heyli saylovoldi poygasidan chiqishini e’lon qilganidan so‘ng, sobiq prezident saylovda qatnashish uchun delegatlarning yetarli ovozini to‘pladi.
Baydenning Demokratik partiyadagi g‘alabasi aniq edi. Negaki, amaldagi prezident odatda ikkinchi muddatga nomzod sifatida ko‘rsatiladi.
«Ularning revansh jangi 2020 yilgi kampaniyani aks ettiradi, bu uzoq kutildi, ammo talab qilinmagan edi. Garchi bu safar Tramp 91 ta jinoyat ishi soyasi ostida kurashadi», deb yozdi CNN.
2020 yilda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida ham Bayden bilan Tramp qatnashgan edi. Unda demokratlar vakili g‘alaba qozondi.
AQSh prezidenti saylovi 2024 yil noyabr oyida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
20:20 / 15.07.2026