Yevroparlament 13 mart, çorşanba kuni Strasburgda hamjamiyatdagi mablağlarni tezda muzlatiş va musodara qiliş imkonini beruvçi kelib çiqişi jinoiy xarakterga ega aktivlarni aniqlaş va xatlaş böyiça YeI direktivasi böyiça rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatda, xususan, Rossiya Federatsiyasining uruşi natijasida musodara qilinişi mumkin bölgan Rossiya aktivlari «Ukrainani tiklaşga hissa» bölişi kerakligi aytiladi.
Hujjatda aytilişiça, Yevropa komissiyasi musodara qilingan aktivlar va mol-mulkdan tovon tölaş, qayta tiklaş va jabrlangan davlatlarga tovon tölaş uçun foydalaniş böyiça tavsiyalar işlab çiqişi kerak. «Agar aktivlar Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi yoki unga aloqador jinoyatlar bilan boğliq holda musodara qilingan bölsa, unda bu aktivlar yoki ularni tugatiş natijasida olingan sof daromadlar Ukrainani tiklaş uçun işlatilişi kerak», — deyiladi rezolyutsiyada.
«Uçinçi şaxs yordamida musodaradan böyin tovlaş» holatlarida qat’iy çoralar köriladi
Yevroparlamentning Fuqarolik erkinliklari, huquqlar va içki işlar qömitasida ta’kidlanganidek, direktiva jinoiy taşkilotlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarni, jumladan, odam savdosi, giyohvand moddalar yoki qurol savdosini qamrab oladi. U qonunçilikni takomillaştirişga qaratilgan va şubhali aktivlarni tezda bloklaş qiliş imkonini beradi. Bundan taşqari, direktivada «uçinçi şaxs yordamida musodara qilişdan böyin tovlaş» holatlarida qat’iy çoralar köriş nazarda tutilgan.
Kapitalning kelib çiqişini yanada samarali tekşiriş uçun Yevropa Ittifoqida faoliyat yurituvçi aktivlarni qayta tiklaş böyiça idoralarga katta vakolatlar beriladi. Şuningdek, ular köçmas mulk va tijorat reyestrlari haqidagi ma’lumotlardan töliq foydalaniş imkoniyatiga ega böladi. Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqi endi musodara qilişning ikkita yangi turini joriy qiladi: ayblov hukmisiz musodara va kelib çiqiş tuşunarsiz bölgan aktivlar musodarasi.
Kelib çiqişi jinoiy xarakterga ega aktivlarini qidiriş osonroq böladi
Yevroparlamentning aktivlarni musodara qiliş masalasi böyiça ma’ruzaçisi, Yevropa xalq partiyasidan ruminiyalik deputat Lorant Vinçe ovoz berişdan oldin sözga çiqib, yangi direktiva «xalqaro jinoiy taşkilotlar oladigan moliyaviy foydaga qarşi yönaltirilgani»ni ta’kidladi. Uning sözlariga köra, bu guruhlar Yevropa Ittifoqidagi daromadi 150 milliard yevroni taşkil etadi va «aktivlarning atigi bir foizi musodara qilingan». Buning sababi, Yevropa Ittifoqi huquq-tartibot idoralari pullarning jinoiy kelib çiqişini tezda aniqlay olmagan va «mamlakatlar örtasida, hatto Yevropa Ittifoqi doirasida ham ma’lumot almaşinuvi juda sekin va çeklangan».













