Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angren IES atmosfera havosiga yetkazilgan zarar uchun 533 mln so‘m kompensatsiya to‘laydi
Korxonadan atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdori me’yordan bir necha barobar ko‘pligi aniqlangan.
Foto: Ekologiya vazirligi
Toshkent viloyatidagi Angren Issiqlik elektr stansiyasining (IES) atmosfera havosiga tashlamalari tarkibidagi zararli moddalar miqdori me’yordan bir necha barobar ko‘pligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, stansiyadagi 1-manbada uglerod oksidi belgilangan me’yordan 4,37 barobar, azot oksidi 7,68 barobar, 3-manbada esa azot oksidi me’yordan 15,24 barobar yuqori ekani aniqlangan.
Shu sababli, korxonaga nisbatan atmosfera havosiga yetkazilgan zarar uchun jami 533 million so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lovi belgilangan.
Bundan tashqari, tekshiruv ishlariga to‘sqinlik qilgan Angren IES xodimiga nisbatan ma’muriy bayonnoma ham rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
22:39 / 21.09.2025
Yerning ozon qatlami tiklanib borayotgani ma’lum bo‘ldi
15:36 / 16.09.2025
Ekologiya vazirligi 20 ta obekt faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi
20:35 / 08.09.2025
Avtomobillar uchun ekostikerlar joriy etish yana kechiktirildi
22:20 / 06.09.2025