Xususan, Toşkent şahrida 12 ta hududiy işçi guruh taşkil etildi. Sanoat korxonalari, ijtimoiy soha obektlari va issiqxona xöjaliklaridan atmosferaga taşlamalarni kamaytiriş maqsadida tuzilgan işçi guruhlarga vazirlik va idoralardan jami 150 nafardan ortiq mutaxassislar jalb qilindi.

Işçi guruh tomonidan sanoat korxonalari, issiqxonalar va atmosferaga zarar yetkazişi mumkin bölgan boşqa obektlar faoliyati doimiy örganib borilmoqda. 

2025 yilning yanvar-avgust oylarida 1452 obekt xatlov qilindi, 174 ta tungi reyd tadbiri ötkazilib, 281 ta qonunbuziliş holati aniqlandi. 154 nafar şaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, 20 ta obekt faoliyatini vaqtinça töxtatiş haqida sudga ariza kiritildi, 179 ta qonunbuziliş holati bartaraf etildi. Şuningdek, 11 ta zamonaviy qozon, 19 ta filtr va 12 ta çang tozalaş uskunalari örnatildi.

Har bir yirik sanoat korxonasi hududi va qöşni hududlarda «Yaşil belboğ»lar barpo etilmoqda. Şu maqsadda 2025 yilda yirik quriliş materiallari işlab çiqaruvçi va boşqa 1–2-toifaga mansub 60 ta korxona tomonidan 200 ming tup daraxt va buta köçatlari ekilişi rejalaştirildi. Bahorgi mavsumda 79 490 tup köçat ekildi.

Bundan taşqari, har yili ikki bosqiçda ötkaziladigan «Toza havo» oyligining birinçi bosqiçida (10 aprel-10 may) Toşkentda 40 050 ta avtotransport vositasi tekşirildi. Ularning 586 tasida atmosfera havosiga taşlanayotgan zararli gazlar miqdori me’yordan ortiqligi aniqlanib, belgilangan tartibda kamçiliklar bartaraf etildi. Körilgan çora-tadbirlar natijasida atmosferaga 4,7 ming tonna zararli taşlamalar çiqarilişining oldi olindi.