Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 Eronga agar Rossiyaga ballistik raketalarni bersa, «jiddiy» choralar bilan tahdid qildi
«Katta yettilik» davlatlari Eronni bunday qilmaslikka chaqirmoqda.
G7 davlatlari Tehron Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib berishni boshlasa, Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish niyatida ekani haqida ogohlantirdi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) «Katta yettilik» bayonotiga tayanib yozdi.
«Agar Eron Rossiyaga ballistik raketalar yoki tegishli texnologiyalarni yetkazib berishni boshlasa, biz tezkor, muvofiqlashtirilgan tarzda javob berishga tayyormiz, jumladan, Eronga qarshi yangi, jiddiy choralar ko‘rish orqali», deyiladi hujjatda.
Nashrning qayd etishicha, hozircha G‘arb Tehron Rossiyani raketalar bilan ta’minlash imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida hech qanday alomat ko‘rmagan. Biroq «Katta yettilik» Eron bunday imkoniyatdan voz kechmayotganidan xavotir bildirgan.
«Biz Eronning Rossiyaga ballistik raketalar va tegishli texnologiyalarni topshirish imkoniyatlarini o‘rganayotgani haqidagi xabarlardan juda xavotirdamiz. (...) Biz Eronni bunday qilmaslikka chaqiramiz», deyiladi G7 bayonotida.
Fevral oyi oxirida Oq uy maslahatchisi Jon Kirbi Vashington Erondan Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib berayotgani haqida ma’lumot olsa, sanksiyalar qo‘llashga tayyorligini aytgan edi.
Yevropa rasmiylari agar Tehron Rossiyaga raketa yuborsa, «Eronga qarshi kengroq sanksiyalar kiritilishiga sabab bo‘lishidan» ogohlantirgan.
Mavzuga oid
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
20:20 / 15.07.2026
Tramp Erondagi ko‘priklar va elektr stansiyalarini portlatish bilan tahdid qildi
09:40 / 14.07.2026
Tramp Eronga qarshi yangi zarbalarni e’lon qildi
09:23 / 14.07.2026