Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rmon yong‘inlari kelib chiqishiga sababchi bo‘lganlar uchun jarima belgilandi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish, agar yong‘in chiqishiga olib kelgan bo‘lsa, quyidagi miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi:
fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha);
mansabdor shaxslarga BHMning 20 baravaridan 25 baravarigacha (6 mln 800 ming so‘mdan 8 mln 500 ming so‘mdan).
Shuningdek, shaxsning ehtiyotsizligi yoki yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganligi tufayli uy-joy fondida odamlarning sog‘lig‘iga zarar yetishi yoxud o‘zganing mol-mulki shikastlanishi yoki uning yo‘q qilinishi bilan bog‘liq bo‘lmagan tarzda yong‘in sodir bo‘lganda mazkur shaxs yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
19:19 / 23.05.2026
Toshkent tumanidagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
17:57 / 17.05.2026
Jizzaxdagi savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi
15:24 / 17.05.2026