Köpçiligimiz bolaligimizni nostalgiya bilan eslaymiz: beğubor, samimiy, ğam-anduhdan yiroq davrlar va albatta ekologiya... Afsuski, hozir köpçilik öz bolaligini eslaganda tabiat va undagi salbiy özgarişlarni ham yodga olyapti. “Manzil” bu safar sayohatlardan biroz çekingan holda, ekologiyaga befarq bölmagan insonlarning aynan ekologik xotiralari bilan qiziqdi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirining maslahatçisi Rasul Kuşerbayev öz bolaligi ötgan Çirçiq daryosi qirğoği va undagi yöqolib ketgan tabiatni açinib eslarkan, afsuski, daryoning tabiiyligiga ziyon yetkaziş hanuzgaça töxtamaganini ta’kidlaydi.

Jurnalist Bobur Akmalov esa bolaligini eslatuvçi maktab va uning atrofidagi daraxtlar, ariqlarda oqqan suv va toza havoning bugun yöqligini alam bilan eslaşini aytadi.

Ekobloger Mötabar Xuşvaqtova özining bolaligini Toşkent şahridagi daraxtlarga boy parklar bilan esladi va şu bilan birga, odamlarning tabiatga, ayniqsa suvga munosabati hanuzgaça yomon holatda qolayotganini ta’kidlaydi.

Bunday xotiralar, afsuski, 20 yoşni qoralagan har bir vatandoşimizda bor.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz’ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus