Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya tashqi ishlar vazirligi endi hujjatlarda Putinning lavozimini ko‘rsatmaydi
Germaniya tashqi ishlar vazirligi Putinni Rossiya prezidenti deb atashni to‘xtatadi.
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi (TIV) bundan buyon Rossiya prezidenti Vladimir Putinni rasmiy hujjatlarda faqat ismi-sharifini ko‘rsatadi. Bu haqda Germaniya TIV rasmiy vakili Sebastyan Fisher ma’lum qildi.
Vazirlar mahkamasi matbuot kotibi Kristian Hofmanning qo‘shimcha qilishicha, Germaniya hukumati yaqinda bo‘lib o‘tgan Rossiya prezidenti saylovini qonuniy deb hisoblamaydi. Uning fikricha, ovoz berish «qo‘rqitish va hibsga olish muhitida» o‘tgan. Germaniya kansleri Olaf Shols, o‘z navbatida, Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklamaslikka qaror qilgan.
«Biz Rossiyada bo‘lib o‘tgan saylovni erkin yoki adolatli deb hisoblamaymiz. Natija oldindan ma’lum bo‘lgan. Bular, bizningcha, nodemokratik saylovlar edi», dedi Hofman.
Shu bilan birga, Germaniya TIV rasmiy vakili Rossiya prezidenti uchun faqat uning ismi-sharifini ko‘rsatish amaliyoti yangilik emasligini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti avval ham hujjatlarda lavozimini ko‘rsatmasdan, faqat familiyasi bilan ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, diplomatik departament saytida Putin Rossiya prezidenti sifatida qayd etilgan.
«O‘tmishda xuddi shunday qilganmiz, faqat Putin deb yozganmiz. Biz yaqinda bunga biror bir belgi qo‘shganimizni eslolmayman», dedi Fisher.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026