XOQ: Parijdagi Olimpiadada 40 ga yaqin rossiyalik qatnasha oladi
XOQ vitse-prezidenti Jon Kouts 40 ga yaqin rossiyalik sportchining Parijdagi yozgi o‘yinlarga neytral maqomda borishi haqidagi xabarlarni haqiqatga yaqin, deb hisoblaydi.

Foto: Alain Apaydin/abaca/picture alliance
Parijdagi yozgi Olimpiada o‘yinlarida 40 ga yaqin rossiyalik sportchi neytral maqomda ishtirok etishi mumkinligi haqidagi xabarlar haqiqatga yaqin bo‘lishi mumkin. Bunday bahoni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) vitse-prezidenti Jon Kouts bildirdi, deb yozadi 17 mart, yakshanba kuni Reuters.
Shu bilan birga, Kouts bu masala bo‘yicha aniq ma’lumotlarni bilmasligini ta’kidladi. 2022 yil fevralida Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi boshlangan urush tufayli XOQ rossiyalik va belaruslik sportchilarning Olimpiadadagi ishtirokini sezilarli darajada chekladi.
Rossiyalik sportchilar uchun cheklovlar
XOQning 2023 yil dekabr oyida qabul qilingan qaroriga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi va Belarusning urushni qo‘llab-quvvatlayotgani taxmin qilinayotgan sportchilari o‘z mamlakatlari milliy bayroqlarisiz, faqat individual yo‘nalishlar bo‘yicha musobaqalarda qatnashishi mumkin. Ukrainaga qarshi urushni faol qo‘llab-quvvatlagan yoki Rossiya yoki Belarus qurolli kuchlari yoki milliy xavfsizlik tashkilotlari bilan bog‘liq bo‘lgan sportchilar o‘yinlarda qatnasha olmaydi.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba XOQning rossiyalik sportchilarga Olimpiadada ishtirok etishiga ruxsat berish qarorini keskin tanqid qilib, buni «uyat» deb atadi. Ayni paytda Parij meri Ann Idalgo mart oyi boshida rossiyalik va belaruslik sportchilar o‘yinlarga kelmasligiga umid bildirdi. Fransiya poytaxti uchinchi bor yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
ROQ rossiyaliklarning Olimpiadada ishtirok etish shartlari to‘g‘risida
Rossiya Olimpiya qo‘mitasi (ROQ) rossiyaliklarning Parijdagi o‘yinlarda ishtirok etishi uchun qo‘yilgan shartlarni «adolatsiz» deb atadi, biroq ROQ «boykot yo‘liga o‘tmasligini» ta’kidladi.
«ROQ hech qachon Olimpiada o‘yinlarini boykot qilgani yo‘q, biz ROQ sifatida hech qachon boykot yo‘lidan bormaymiz. Har doim rossiyalik olimpiyachilarning ushbu musobaqalarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaymiz, lekin faqat kamsitmasdan, teng shartlar asosida. Afsuski, Parij-2024 rossiyalik olimpiyachilarni teng sharoit bilan ta’minlay olmaydi, shu munosabat bilan savol tug‘iladi - nega rossiyalik sportchilar uchun bunday adolatsiz sharoitlar?» - dedi 14 mart kuni ROQ prezidenti Stanislav Pozdnyakov.
Shu bilan birga, 23 fevral kuni ROQ o‘zining Telegram-kanalida sportchilarning XOQ tomonidan joriy etilgan betaraflikka rioya qilish amaldagi mezonlariga rozilik berishi «Rossiya qonunchiligi buzilishiga olib kelishi mumkinligi» haqida ogohlantirdi.
«Tegishli komissiyalar va ROQ apparati mavjud sharoitlarni sinchkovlik bilan tahlil qilib, bunday rozilikning mumkin bo‘lgan huquqiy va boshqa salbiy oqibatlari to‘g‘risida Butunrossiya sport federatsiyalarini xabardor qilish uchun keng qamrovli choralar ko‘rmoqda», deya ma’lum qildi tashkilot.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
-
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi
Jahon | 22:59 / 07.04.2025
-
Fransiya, Misr va Iordaniya yetakchilari G‘azo bo‘yicha kelishuvni tiklashga chaqirdi
Jahon | 22:18 / 07.04.2025
Mavzuga oid

14:10 / 07.04.2025
Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi

10:51 / 24.03.2025
Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi

08:42 / 22.03.2025
XOQ rahbari harbiy mojarolar tufayli o‘yinlardan chetlatishga qarshi chiqdi

23:37 / 20.03.2025