Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Damas» yoritkich ustuniga borib urildi, ustun «Lasetti»ning ustiga tushib ketdi
Lutfiy ko‘chasida haydovchi “Damas”ni boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va yoritkich ustuniga to‘qnashgan. To‘qnashuvdan so‘ng yoritkich ustuni shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Lasetti” old qismiga tushib ketib, texnik shikast yetkazgan.
Foto: Kun.uz
Chilonzor tumanida “Damas” va “Lasetti” avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Joriy yilning 17 mart kuni soat 14.30 larda Chilonzor tumani Lutfiy ko‘chasida haydovchi “Damas” rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotib, yoritkich ustuniga to‘qnashgan va yo‘l transport hodisasi sodir etgan.
To‘qnashuvdan so‘ng yoritkich ustuni shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina old qismiga tushib ketib, texnik shikast yetkazgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raymiz”, deyiladi Toshkent shahar IIBB YHXB xabarida.
Mavzuga oid
10:33
Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
13:20 / 21.05.2026
Farg‘onada voyaga yetmagan shaxs Malibu'da uchta bolani urib ketdi. Ulardan biri vafot etdi
15:05 / 19.05.2026