12:53 / 22.03.2024
1288

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni xususiylashtirish sohasida hamkorlikni mustahkamlashni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ar-Riyodda Saudiyaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev Ar-Riyod shahrida ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan, Tabuk Agricultural Development kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Majid Ahmad al-Suvayx va Tariq M.Abu Moti bosh menejyeri Tariq Muhammad Abu Moti, Al Showaiyer menejyeri Tariq al-Shuvayr, Al Faris International Group bosh ijrochi direktori Usama Buxoriy bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqotlar chog‘ida energetika, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, irrigatsiya, ta’lim, qurilish va xususiylashtirish sohalarida hamkorlikni mustahkamlash hamda investitsiya loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Bahrom A’loyev Saudiya Arabistoni kompaniyalari vakillarini 2024 yil 2-3 may kunlari O‘zbekistonda tashkil etiladigan III Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif qildi. Saudiyalik tadbirkorlar ushbu forumda aniq takliflar bilan faol ishtirok etishga tayyor.

O‘zbekiston TIV delegatsiyasi avvalroq o‘zbek-saudiya siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi davrasini o‘tkazdi.

Top