Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Saudiya Arabistoni BRIKSga qo‘shilish haqida o‘ylamoqda
Saudiya Arabistoni iqtisodiyot va rejalashtirish vaziriga ko‘ra, BRIKSga qo‘shilish taklifi kelib tushgan, ammo a’zolik bo‘yicha hali qaror qabul qilinmagan.
Foto: AP
Saudiya Arabistoni iqtisodiyot va rejalashtirish vaziri Feysal al-Ibrohim podshohlik BRIKSga a’zo bo‘lish haqida hali qaror qabul qilmaganini ta’kidladi, deb yozadi Bloomberg.
Alyansga qo‘shilish taklifi Saudiya Arabistoniga 2023 yilga berilgan.
«Bizni BRIKSga taklif qilishgan, xuddi boshqa ko‘p tomonlama platformalarga qo‘shilishga oid qator takliflar kabi. Qaror qabul qilishdan oldin ko‘plab turli jihatlarni baholaymiz va hozirda biz ushbu jarayonning o‘rtasidamiz», — deydi al-Ibrohim.
BRIKS — iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. 2001 yilda britaniyalik iqtisodchi Jim Onil jahon iqtisodini o‘rganish jarayonida bir guruh katta davlatlarda iqtisodiy tizimli o‘sishga e’tibor berib, shartli ravishda BRIKS deb ataydi (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy). 2010 yilda bunga JAR qo‘shildi, bugun tashkilotda to‘qqizta davlat bor.
2023 yil 23 avgust kuni JAR prezidenti Siril Ramaposa Argentina, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr, Efiopiya va Birlashgan Arab Amirliklariga to‘laqonli a’zo sifatida tashkilotga qo‘shilish taklifi bildirilganini ma’lum qilgandi. Keyinroq Argentina BRIKSga qo‘shilishdan bosh tortgan.
O‘tgan yili esa Myanma BRIKSga qo‘shilish niyatida ekanini ma’lum qilgan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni BRIKSga a’zolik taklifini rad etgan edi. O‘z navbatida oktyabr oyida Qozog‘iston ham BRIKS a’zosi bo‘lishdan bosh tortgan.
Mavzuga oid
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
23:09 / 15.04.2026