Toşkent şahrida yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzib, boşqa harakat iştirokçilari hayoti va salomatligiga xavf tuğdirgan Tesla rusumli avtomaşina haydovçisiga nisbatan sud qarori e’lon qilindi.

Ma’lum qilinişiça, sud haydovçining harakatlarini körib çiqib, uni yöl harakati xavfsizligiga tahdid solganlikda aybdor deb topgan.

Sud hukmiga muvofiq, haydovçi bir yil muddatga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum etildi. Şuningdek, unga bazaviy hisoblaş miqdorining 25 baravari miqdorida jarima jazosi ham tayinlandi.

Mutasaddilar yöl harakati iştirokçilari hayoti va salomatligiga xavf tuğdiradigan qoidabuzarliklarga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda qat’iy çoralar qöllanişini eslatib, haydovçilarni harakat qoidalariga qat’iy rioya qilişga çaqirdi.