Haydovçilar uçun hayot va mamot töqnaşuvi – dunyodagi eng xavfli yöllar qayerlarda joylaşgan?
|22:20 / 30.03.202426 58911 min
Ayrim haydovçilar maşina boşqarayotganda qiziqqonlik qiladi va “tulpor”ini uçirib haydaşni xohlab qoladi. Bunday paytlarda tez yuriş xavfli ekani va buning oqibati ayançli tugaşi ham ularni töxtatib qololmaydi. Biroq dunyoda şunday yöllar borki, tez yurişni, xavfli manyovrlarni yoqtiradigan haydovçilar ham ulardan ötişda qörqişadi.
20-asrning ikkinçi yarmida avtomobil sanoati juda taraqqiy etdi. Dunyodagi köplab avtomobilsozlik kompaniyalari bir vaqtning özida önlab turdagi yengil va yuk maşinalarini işlab çiqara boşladi.
Şunga yaraşa avtomobillar harakatlanişi uçun köplab yöllar qurildi. Şunga hamohang yölovçi va yuk taşiş hajmi keskin ösib bordi. Bir paytlar yolğizoyoq yoki arava harakatlana oladigan joylarda avtoyöllar qurildi.
Hatto ötiş qiyin bölgan joylar yoki toğ dovonlarida ham yöllar paydo böldi. Natijada juda uzoq joylardan aylanib keliş kerak bölgan joylarga harakatlaniş biroz xavfli bölsa ham yaqinroq yöl orqali yetib oliş imkoniyati tuğildi.
Bugun dunyoning bir qança hududlarida maşina boşqarib ötiş ança xavfli bölgan ana şunday yöllar bor. Ularning aksariyati xavfli toğ yöllari hisoblanadi.
Bir tomondan juda çiroyli tabiat manzaralari, ikkinçi tomondan tik jarlik – bunday joylardagi tor yöllardan maşina boşqarib ötişga har qanday haydovçida jasorat topilmaydi.
Quyida dunyodagi eng xavfli avtoyöllar haqida ma’lumot beramiz.
Tun köli böylab ötgan yöl, Şveytsariya
Foto: alamy.com
Tun köli Şveytsariyaning Bern kantonida joylaşgan. Ana şu köl yoqasida dunyodagi eng xavfli yöllardan biri joylaşgan. Eni juda tor bölgan asfalt yöl keskin toğlar böylab tepaga çözilib ketgan.
Eng tepaga çiqqunça ana şu tor yöl böylab keskin oğişlar, xavfli burilişlar, toğ arkalari va tunnellaridan mardona ötiş kerak. Bu esa oson emas.
Foto: alamy.com
Yölning bir qismi tik qoyalarga temir beton konstruksiyalar qotirilib yasalgan. Pastda joylaşgan, közga birmunça osoyişta tuyuladigan kölning köplab sirlari bor.
Ikkinçi jahon uruşidan keyin Şveytsariya hukumati foydalanilmagan öq-dorilarni Tun köliga çöktirişga qaror qilgandi. Hozir köl ostida eng kamida 3 tonna qurol-yaroq zanglab yotibdi.
Zoji-La dovonidagi yöl, Hindiston
Mavzuga oid
Foto: iranbanou.com
Zoji-La dovonidagi yöl Hindiston va Pokiston örtasida bahsli bölgan Kaşmir ştatida joylaşgan. (Bu ştatni Hindiston nazorat qiladi.)
Yölning Ladakx va Kaşmir şaharlari orasidagi qismi toğ dovonida, dengiz sathidan 3500 metr balandlikda joylaşgan. Dovondan ötgan yöl juda tor bölib, undan nafaqat maşinalar harakatlanadi, balki mahalliy aholi öz çorva mollarini ham şu yerdan haydab ötadi.
Foto: telegraph.co.uk
Ana şunday paytlarda çorva mollari yölni töliq yopib qöyadi va ularni belgilangan manziliga yetib olgunça dovondagi yölning ikki tomonida ham bir neça kilometrlik tiqilinçlar yuz beradi.
Dovondan ötgan yöl juda tor bölişi bilan birga, uning bir tomoni qir, ikkinçi tomoni jarlikdan iborat. Şu sababli bu yölda maşina boşqariş uçun kişida dovyuraklik xislati bölişi kerak.
Yöl asfalt qilinmagan. Zero yoğingarçilik köp bölgani uçun asfalt uzoq muddatga çidamasa ham kerak. Bu yerdan harakatlanayotgan yuk maşinalar yonma-yon bölib qolganda ular bir-biriga yöl berib zörğa harakatlanadi.
Hana yöli, Havayi (AQŞ)
Foto: huffingtonpost.ca
Hana yöli uzunligi 103,6 km bölib, u Havayi orollari tarkibiga kiruvçi Maui orolida joylaşgan Kahauli hududini Hana şahri bilan boğlaydi.
Mazkur yölda 60dan oşiq köprik bor. Son-sanoqsiz toğ soylari va tropik yomğirlar ba’zi joylarda yölni yuvib ketadi. Kuçli şamol köçkilarga olib keladi.
Hana yölidan yurişni tanlagan sayohatçilar xavfli sayohat vaqtida köplab keskin burilişlarga duç kelişadi. Bu yölda jami 620 ta keskin buriliş joylari bor.
Köçani sel yuvib ketganda yoki köçki tuşganda ma’lum vaqtga yöl yopilib qolişi mumkin. Biroq ular bambuk örmonlari, köplab çiroyli şarşaralar va tropik örmonning boşqa gözalliklaridan zavq olişadi.
Guolyan tunneli, Xitoy
Foto: fj.people.com.cn
Guolyan tunneli Xitoyning Xenan provinsiyasida joylaşgan. Yölning nomi Guolyan tunneli deyilgani bilan oddiy tunnelmas. Gap şundaki ötgan asrning 70-yillarida bu yerda yöl ötkazilayotganda yöl tik toğ qoyasiga kelib qadalib qolgan.
Şunda odamlar toğni qöl mehnati bilan öyib tunnellar oçişgan va ularning soni juda köp. Tunnel içi yoritilmaydi va qoronği. Şunday bölsa ham u yölning eng xavfsiz joyi hisoblanadi va maşinalarni keskin jarlikka qulaşdan himoya qiladi.
Foto: alamy.com
Ammo yölning boşqa oçiq qismlaridan yuriş juda xavfli. Çunki ayrim joylarda yölning kengligi bor-yöği 4 metrni taşkil etadi va bunday joylardan harakatlanişda haydovçilardan diqqatni maksimal bir joyga jamlab, ehtiyot böliş talab qilinadi.
Xitoyliklar bu yölni “xatolarni keçirmaydigan yöl” deb ataşadi. Bu bejizga emas. Biroz ehtiyotsizlik qilinsa maşina pastga qulab ketişi heç gapmas.
Passaj dyu Gua, Fransiya
Foto: hoatinhthuong.net
Bu yöl Fransiyaning Atlantika okeaniga tutaş qirğoqlarida Burnyof qöltiği böylab ötgan. Yöl kuniga bir neça soatga oçiladi xolos. Qolgan paytlarda uni suv bosadi, yöldan harakatlanişning iloji bölmaydi.
Gap şundaki bu yöl okean suvi kamaygan vaqtda körinadi va oçiq böladi. Kuçli töfonlar paytida baland tölqinlar sababli u suv ostida qoladi. Ana şunday paytda tölqinlar yöldan harakatlanayotgan maşinalarni oqizib ketişi ham mumkin.
Foto: albayan.ae
Şu uçun ham yöl haydovçilarga va maşinalarga heç narsa xavf solmaganda oçiq böladi. Ob-havo yomonlaşganda, kuçli şamol turganda yopib qöyiladi.
Ba’zida havo sokin bölganda köprikni biroz suv bosgan bölsa ham u oçiq turadi va maşinalar ötib-qaytadi. Biroq bu ham ança xavfli. Çunki suv ostidagi yölni ilğab maşina boşqariş oson emas.
Taroko darasidan ötgan yöl, Tayvan
Foto: semnaklairam.blogspot.ca
Taroko darasidagi yöl Tayvandagi Taroko milliy parki hududida joylaşgan. Bu yöl ham Guolyandagi yölga juda öxşaş. Bunda ham toğda tik qoyalar teşilib yöl ötkazilgan. Pastda daryo oqadi.
Yöl ötgan hududda köp yoğingarçiliklar böladi. Bunday paytlarda toğdan sel suvlari oqib tuşadi, tez-tez köçkilar sodir böladi. Bundan taşqari seysmik faollik vaziyatni yanada oğirlaştiradi.
Himaçal-Pradeş ştati yöllari, Hindiston
Foto: flickr.com
Himaçal-Pradeş ştati Hindiston şimolida, Himolay toğlarining janubiy qismiga tutaş hududda joylaşgan. Ştatda önga yaqin Milliy yöl (Hindistonda muhim yöllarni şunday deb ataşadi) bor.
Bu yöllarning aksariyati juda tor bölib, ular toğlar yonbağridan yoki dovonlar tepasidan ötkazilgan. Ularda haydovçilar maşinalarni juda ehtiyot bölib boşqarişadi.
Garçi harakatlaniş juda xavfli bölsa-da Himaçal-Pradeş yöllarining aksariyatida yölovçi avtobuslar ham harakatlanadi. Hududning tabiati juda çiroyli, hamma yoq örmon bilan qoplangan.
Yöllarning bir qismi salobatli muzliklari bor Rotang La dovoni orqali ötadi. Qor köçkilari tufayli yilning asosiy qismida dovondan ötgan yöl yopiq böladi.
Paso-de-los-Karakoles, Çili
Foto: La Nación
Çili va Argentina örtasida joylaşgan Paso-de-los-Karakoles dovonidan ötgan yöl dunyodagi eng xavfli yöllardan biri hisoblanadi. Bu yerda Xitoy va Tayvandagi kabi toğ qoyalarini yönib yöl oçişmagan. Balki dovon tepasiga çiqqunça 20 dan oşiq keskin burilişlardan ötib boriş kerak.
Yilning asosiy qismida yölni qor qoplab yotadi. Şu sababli yoz fasli uçun möljallangan şinalar taqqan maşinalar bu yöldan çiqa olmaydi.
Doimiy noqulay ob-havoga qaramay, dovon yölida har doim yuk maşinalarini, hatto ikki qavatli sayyohlik avtobuslarini ham uçratiş mumkin.
Atlantika yöli, Norvegiya
Foto: oicwx.com
Atlantika yöli Norvegiyaning şimoliy qismidan, okean böylab çözilib ketgan. Bu yöl mamlakatning asosiy diqqatga sazovor joyi va madaniy meros obekti sifatida tan olingan.
Yölning bir qismi quruqlikdan, ayrim qismlari beton ustunlar bilan okean ustidan ötkazilgan.
Bu yöldan yuriş çoğida Atlantika okeani gözalligidan töla zavq oliş mumkin. Ammo haydovçi bir daqiqa ham çalğimasdan huşyor bölişi kerak. Çunki istalgan vaqtda okeandan kelgan tölqin maşinani surib ketib, suvga tuşirib yuborişi mumkin.
Kol de la Bonet, Fransiya
Foto: auto.onliner.by
Kol de la Bonet, Fransiya – Alp toğlarining Fransiya hududidagi qismida joylaşgan eng baland dovon yöli hisoblanadi.
Bu yöl haydovçilar uçun juda noqulay va maşina boşqariş ança murakkab hisoblanadi. Biroq yölni velosiped haydovçilari ança yoqtirişadi. Velosport böyiça ötkaziladigan eng nufuzli turnir "Tur de Frans" poygasi bu yerda tört marta ötkazilgan.
Tyanmen toği yöli, Xitoy
Foto: shutterstock.com
Tyamen toğidagi dovondan ötgan yöl dunyodagi eng murakkab va qiyin yöllardan biri hisoblanadi. Bu yölning 10 km joyida 99 ta buriliş bor va bunday yöl dunyoning biron joyida uçramaydi.
Yölning murakkab qismi boşlanadigan joy va dovon tepasi tik balandlikda 1 km çiqadi. Yölning eng tepa qismi “Osmon darvozalari” degan maşhur nomga ega va u joyga çiqib boriş oson emas.
Sen-Gotard dovoni orqali yöl, Şveytsariya
Foto: alamy.com
Ma’lumki, Alp toğlarining bir qismi Şveytsariyada joylaşgan va şu sababli bu yerda bir neçta dovon yöllari bor. Sen-Gotard dovoni orqali yöl ular orasida eng xavflisi hisoblanadi.
Bir paytlar Aleksandr Suvorov öz qöşinini Sen-Gotard dovonidan olib ötgan va u şunisi bilan ham maşhur. Bugungi kunda dovonda avtomobil yöli ilingan, biroq u haydovçilar uçun eng murakkab yöl hisoblanadi.
Sen-Gotard dovonidan ötgan yölning asosiy qismida himoya tösiqlari örnatilmagan. Maşina harakatlanib ketayotganda ularni çuqur jarlikdan ozgina masofa ajratib turadi xolos.
Dovondagi yöl ham Tyanmen va Çilidagi yöl singari tepaga ilonizi tarzda buralib çiqib ketadi.