Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Krokus»dagi teraktdan keyin tojikistonlik mehnat migrantlari Rossiyani ommaviy tark etmoqda
Tojikiston hukumati migrantlar vahimaga tushib qolganini ma’lum qildi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Tojikiston Mehnat, migratsiya va bandlik vazirligi «Krous Siti Xoll» binosidagi teraktdan so‘ng Rossiyadan tojikistonlik mehnat migrantlari ommaviy chiqib ketayotganini qayd etdi. Bu haqda respublika mehnat vaziri o‘rinbosari Shahnoza Nodiriy ma’lum qildi.
«Qo‘ng‘iroqlar juda ko‘p. Bu, ehtimol, ta’qiblar haqidagi shikoyatlar emas, balki fuqarolarimizda qo‘rqish, vahima borligidan, ko‘pchilik ketishni xohlaydi. Hozir biz vaziyatni kuzatib boryapmiz, Tojikistonga qaytayotganlar soni oshdi», dedi Nodiriy.
Vazir o‘rinbosari bu vaqtinchalik hodisa ekaniga umid bildirdi. U odamlarni internetdagi provokatsion xabarlarga berilmaslikka chaqirdi, ularning maqsadi millatlararo adovatni sochish ekanini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston fuqarolariga nisbatan tazyiqlar «maishiy darajada» ham qayd qilinmoqda, terrorchilik harakatidan keyin Tojikiston Mehnat vazirligining Rossiyadagi vakolatxonasiga tahdidlar ko‘paygan.
Avvalroq, Sankt-Peterburgda noqonuniy migrantlar qo‘lga olinib, ommaviy ravishda deportatsiya qilinayotgani haqida xabar berildi. Xususan, shaharda «Antimigrant» operatsiyasi davom etmoqda, uning doirasida Rossiyaga kirish qoidalarini buzish bo‘yicha sud jarayonlari ko‘paygan.
Mavzuga oid
08:25 / 06.02.2026
Namanganda noqonuniy mehnat migratsiyasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
20:22 / 28.01.2026
Xorijdan O‘zbekistonga yuborilayotgan pul o‘tkazmalari miqdori qanday o‘zgaryapti?
20:02 / 15.01.2026
O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishni kengaytirmoqchi
16:54 / 25.12.2025