Vashingtonda Orolbo‘yiga yordam ko‘rsatishga qaratilgan xayriya qabuli o‘tkazildi
O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida Qoraqalpog‘istonga moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadida xayriya qabuli bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo
"Dunyo" xabariga ko‘ra, qabul 1987 yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarga zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va asboblar taqchilligini bartaraf etishda yordam berib kelayotgan Amerikaning Project C.U.R.E. nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Xayriya qabuli Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 12 million dollarlik zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berishga ko‘maklashishga qaratilgan edi.
O‘zbekiston elchisi Furqat Siddiqov yig‘ilganlarga Orol dengizining qurishi ko‘lami va oqibatlari, uning Orolbo‘yi mintaqasiga salbiy ta’siri haqida so‘zlab berdi. Ushbu fojia yangi Orolqum cho‘lining paydo bo‘lishiga va hududdagi ekologik vaziyatning yomonlashishiga olib kelgani, aholi salomatligi, atrof-muhit va hudud iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlarga sabab bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.
Project C.U.R.E. prezidenti Duglas Jyekson o‘z chiqishida, mazkur tashkilot Orolbo‘yi mintaqasi ko‘p sonli aholisiga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishdan mamnun ekanini ta’kidladi. Qayd etilishicha, ayni paytda Qoraqalpog‘istondagi tibbiy asbob-uskunalar va texnologiyaga juda muhtoj bo‘lgan tibbiyot muassasalariga 5 ta konteynerdan iborat dori vositalari yetkazib berilgan.
Tadbir davomida joriy yilning birinchi yarmida Qoraqalpog‘istonga umumiy qiymati 2 million dollar bo‘lgan tibbiy jihozlar iborat yanada 4 ta konteyner yetkazib berilishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, Project C.U.R.E. istiqboldagi rejalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2024-2025 yillar davomida O‘zbekistonga umumiy qiymati 10 million dollarlik qo‘shimcha 15 ta konteynerda tibbiy gumanitar yuk jo‘natilishi nazarda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sloveniya iqtisodiyoti tarmoqlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish boshlanadi
Iqtisodiyot | 14:35
-
O‘zbekistonda eksklyuziv huquqlarga ega kompaniyalar reyestri e’lon qilindi
O‘zbekiston | 14:25
-
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
Jahon | 14:20
-
O‘zbekiston va Britaniya energetika xavfsizligini ta’minlashda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 14:11
Mavzuga oid

09:51 / 07.03.2025
Kellog: AQSh Rossiya bilan munosabatlarni qaytadan boshlamoqchi

22:46 / 28.02.2025
Vashingtonda Tramp va Zelenskiy uchrashuvi boshlandi

18:01 / 31.01.2025
Vashingtondagi aviahalokatning yangi tafsilotlari. Bir kun o‘tib nimalar ma’lum?

21:42 / 30.01.2025