Vaşington ştati, Sietl şahrida yaşovçi yurtdoşlarimiz “Özbek mahallasi” jamoat birlaşmasini tuzişdi. Taşkilot rasman röyxatga olindi, ştat davlat kotibi Stiv Hobbs taşabbusni qöllab-quvvatlagan. Maqsad özbeklarni bir davraga jamlaş, milliy qadriyatlarni saqlab qoliş hamda yoşlarni Özbekistonga yaqin tutiş.
Ma’lum bölişiça, bugun AQŞ Vaşington ştatida 3 ming nafardan ortiq Özbekiston fuqarolari hamda kelib çiqişi özbek bölganlar yaşaydi. Ularning salmoqli qismi Sietl hamda uning atrofida yirik texnologik, sanoat kompaniyalari joylaşgan hududlarda istiqomat qilişadi.
Özbeklar Vaşingtonda bugun Microsoft, Amazon, Google, Boeing, Oracle va NVIDIA kompaniyalarida ham faoliyat yuritmoqda. Ular dasturiy ta’minot, sun’iy intellekt, muhandislik, aviatsiya, ta’lim, tibbiyot, tadbirkorlik va boşqa sohalarda işlaydi.

“Özbek mahallasi” taşkilotining raisi etib asli Xorazmdan bölgan, Sietlda Marks ismi bilan tanilgan Muso Xolmurodov tayinlandi. U Vaşington ştati hukumat tizimida 15 yildan ortiq tajribaga ega, Vaşington ştati Tuzatiş işlari departamenti tizimida iş boşqaruvçi sifatida faoliyat yuritadi, deydi ştatdagi özbek konsulligi.
“Mahalla xalqimiz uçun oddiy bir uyuşma emas. U mehr-oqibat, özaro kömak, katta-kiçikka hurmat, milliy özlik va birdamlik timsolidir. Minglab kilometr uzoqda ham “Özbek mahallasi” ana şu ezgu an’analarni davom ettiriş, vatandoşlarimizni bir-biriga yaqinlaştiriş va ularning farzandlari qalbida ona tilimiz, tariximiz va madaniyatimizga mehr uyğotişga xizmat qiladi”, deydi Kun.uz bilan gaplaşgan Sietldagi boş konsul Ahror Burhonov.
Yangi jamoa milliy bayramlar, madaniy tadbirlarni taşkil etiş, yangi kelgan yurtdoşlarga moslaşişda yordam beriş, yoşlar va mutaxassislar örtasida hamkorlik tarmoğini yaratiş, xayriya hamda ta’lim loyihalarini qöllab-quvvatlaşni rejalamoqda.
Eslatib ötamiz, Vaşington ştati AQŞning iqtisodiy jihatdan muhim hududlaridan hisoblanadi. 2025 yilgi YaIM 900 mlrd dollardan oşiqni taşkil etgan.

















