Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yillik inflatsiya 8 foizdan pastlagani ma’lum qilindi
2024 yil mart oyida yillik nisbatdagi iste’mol sektoridagi narxlarning o‘sish darajasi 7,98 foizga tushdi, deya ma’lum qildi Statistika agentligi.
Foto: Kun.uz
2024 yilning mart oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,67 foizga oshgan, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Agentlikka ko‘ra, yillik nisbatdagi iste’mol sektoridagi narxlarning o‘sish darajasi 7,98 foizni tashkil etgan. Bu – 2016 yil may oyidan beri qayd etilgan eng past yillik inflatsiya hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, 2024 yilning martida donli ekinlar va yorma mahsulotlari, yog‘lar va moylar, sabzavotlar, ildiz mevalilar va dukkaklilar hamda shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar guruhlarida yillik nisbatdagi iste’mol narxlari indeksi 2023 yilning martidagi mos ko‘rsatkichdan sezilarli darajada past bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:46 / 16.01.2026
O‘zbekistonda ko‘p bolali uy xo‘jaliklari ulushi keskin ko‘tarildi
13:39 / 16.01.2026
Hududlar kesimida elektr uskunalar ishlab chiqarish: Toshkent shahri birinchi o‘rinda
10:42 / 16.01.2026
2025 yilda huquq va buxgalterlik xizmatlari 4,6 trln so‘mga yetdi
17:40 / 15.01.2026