19:00 / 03.04.2024
2383
Reklama

Beeline Uzbekistan BeeMarket bilan marketpleyslar bozoriga chiqdi

Beeline Uzbekistan bilan onlayn-xaridlar yanada qulaylashmoqda: birgina BeeMarket platformasining o‘zida mahsulotlarning keng tanlovi, shaffof narxlar va qulay xaridlar mujassam.

Foto: Beeline Uzbekistan

BeeMarket nima? Bu yerda har bir mijoz o‘ziga kerak bo‘lgan deyarli barcha narsa va undan ham ko‘pini topishi mumkin bo‘lgan internet-do‘kon: smartfon va aksessuarlardan boshlab to maishiy texnika va elektronikagacha, bu O‘zbekistondagi aksariyat elektron tijorat o‘yinchilarining takliflarini o‘zida jamlagan marketpleysdir. Yangi marketpleysning sinov davri o‘tgan yilning kuzida muvaffaqiyatli amalga oshirildi, endi u mijozlarni qabul qilishga tayyor.

Shaffoflik BeeMarket’ning asosiy ish tamoyilidir. Mijozlarga bir joyda turli xil takliflar orasidan kerakli mahsulot va sotuvchini tanlash va foydali xarid qilish imkoniyati beriladi.

Marketpleys turli xil mahsulotlar assortimentini taklif etadi: smartfonlar va aksessuarlar, ofis texnikasi, shuningdek, maishiy texnika va elektronikaning katta tanlovi.

Qulaylik BeeMarket’ning yana bir muhim afzalligi hisoblanadi. Narxlarni taqqoslash xizmati sizga kerakli mahsulotni topish, turli do‘konlardan takliflarni solishtirish, texnik xususiyatlar va eng foydali variantni tanlash imkonini beradi.

Onlayn-do‘kon platformasida ham Beeline Uzbekistan’dan, ham mamlakatning elektron tijorat yetakchilaridan takliflar taqdim etiladi. Hozirda barcha Beeline xaridorlari uchun bepul yetkazish xizmati, savdo ofislaridan tovar olib ketish imkoniyati mavjud, qolaversa, xariddan so‘ng mijozlar 1 oylik BeelineTV promokodi ko‘rinishidagi bonusga ega bo‘ladilar. Beeline Uzbekistan abonentlari uchun maxsus bonus – 3 oy davomida 15 GB internet-trafik taqdim etiladi. Digital-operatordan BeeMarket’dagi tovarlarni 100% oldindan to‘lov yoki muddatli to‘lov evaziga sotib olish mumkin.

«Biz o‘z mijozlarimizga O‘zbekiston onlayn-bozorining yangicha ko‘rinishini taklif qilishga intilamiz, shunda har bir mijoz «Elektronika» va «Maishiy texnika» toifalaridan o‘ziga mos mahsulotni tanlashi va o‘ziga yoqqan joydan mahsulotni sotib olishi mumkin. Oson va qulay tarzda pul tejash mumkin. Biz onlayn va oflayn o‘yinchilarni saytimizga taklif qilib, ular bilan trafik, mijozlar va buyurtmalarni baham ko‘rishga tayyormiz. Keling, bozorni barcha tomonlar uchun shaffof va manfaatli qilamiz!» deya ulashadi Beeline Uzbekistan elektron tijorat xizmati rahbari Aleksandr Kornilov.

Loyihaning yaqin rejalari qatoriga bozorni Beeline Uzbekistan ilovasiga integratsiyalash va tovarlarni qulay izlash va buyurtma qilish uchun Telegram-botni ishga tushirish, shuningdek, bozorning turli oflayn-o‘yinchilari bilan hamkorlikni kengaytirish kiradi.

market.beeline.uz havolasi orqali o‘ting va BeeMarket’da zavq va ishonch bilan xarid qiling!

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama

Top