Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahnoza Sultonova Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan Nodira Umarova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi.
Shahnoza Sultonova Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Hokimlik xabariga ko‘ra, shu kunga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan Nodira Umarova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi.
Shahnoza Sultonova 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2003 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
U ko‘p yillar davomida Toshkent davlat texnika universitetida qator mas’uliyatli lavozimlarni egallab kelgan.
Shu kunga qadar Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026